Ergasheva orifa



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/3
tarix12.12.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#74157
  1   2   3
ERGASHEVA ORIFA,.,

ERGASHEVA ORIFA

PRESENTATION

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TABIAT BURCHAGINI TAHSKIL ETSIH

  • .

KIRISH

  • Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tabiat bilan tanishtirish tabiat bilan doimo bevosita munosabatda bo'lishni talab qiladi. Buni ta'minlovchi shartlardan biri bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotida tabiat burchagiga ega bo'lishdir. Biroq butun bolalar muassasasi uchui umumiy tabiat burchagiga ega bo'lish yanada yaxshiroq. Undan yoshlar guruxlari tabiat burchaklarida yashovchi hayvonlarni to'ldirib turishda foydalanish mumkin.
  • Bolalarning tabiat burchagidagi mehnati hamda o'simlik va hayvonlarni kuzatishlari butun yil davomida (qishda, kech kuzda va erta bahorda) tashkil etiladi. O'rta mintaqa sharoitlarida bolalarning yer uchastkasidagi mehnat va kuzatishlari bu davrlarda anchagina qisqaradi.
  • Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va tizimli tarzda tanishtirish, ularda tabiat burchagida yashovchilar haqida pishiq va anglangan bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko'nikmalarini hosil qilish, kuzatuvchanlikni o'stirish ishi uchun sharoit ana shunday yaratiladi. Ana shu malaka va ko'nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi.
  • Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga,
  • ularning o'ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalaming anchagina chuqur, mustahkam bilimga ega bo'lishlariga imkon yaratadi. Bevosita tabiatda bolalar uchratadigai hayvonlar va o'simliklarning xilma-xilligi hayvon va o'simliklar hayotidagi umumiy,ahamiyatli hamda qonuniylikni ajratib ko'rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob'ektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkonini beradi. Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar masalan, aytaylik akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko'rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
  • Tabiat burchagi uchun o'simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Bu tasodifiy yashovchilarni saqlashning oldini olishga yordam beradi, mehnat hamda kuzatishlarning bolalarga tarbiyaviy va ta'limiy ta'sirini ta'minlaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin