avlodlarga meros qolsin. Ayrim oilalar borki, tarbiyaga e’tibor berishmaydi.
Ba’zan bosh gapning to`ldiruvchisi vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmasligi mumkin,
ammo uning o`rni bilinib turadi.
Ahmadjon biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari
qattiq o`qqa tutdi.(Ahmadjon shuni biladiki…)
ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab
keluvchi ergash gaplarga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga
nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi –
ki
yuklamasi yordamida
bog`lanadi.
Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yordamida birikkanda ergash gap bosh
gapdan oldin keladi, ergash gap tarkibida
qanday, qaysi, kimning
kabi olmoshlar, bosh gap
tarkibida esa
shunday, shu, o`sha, uning
olmoshlari
qo`llanadi:
Dostları ilə paylaş: