Ergashgan qo`shma gaplar


ERGASHTIRUVCHI BOG`LOBCHILI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR



Yüklə 53,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü53,76 Kb.
#196769
1   2   3   4   5   6   7
Ergashgan qo`shma gaplar

ERGASHTIRUVCHI BOG`LOBCHILI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, shart yoki qiyosini bildirgan ergash 
gaplar bosh gapga sabab(
chunki, negaki
), maqsad(
toki
), shart (
agar, agarda, basharti, mabodo
), 
qiyoslash-chog`ishtiruv (
go`yo, go`yoki, xuddi
) ergashtiruvchi bog`lovchilari yordamida 
bog`lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchilari ergash gap boshida 
qo`llanada va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi: 
Bu masalani keng muhoqama 
qilamiz, 
toki boshqa qaytarilmasin
. Odobli odam tabibga o`xshaydi, 
chunki u bilan 
suhvatlashish ko`ngildagi g`amni quvadi.
Shart bog`lovchilari gapning boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan 
ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko`pincha shart bog`lovchilari 
qo`llanmasa ham, va shart mayli shakli qo`shma gap qismlarini bog`layveradi: 
Ozgina hovliqib 
turishsa ham, cho`chishsa ham mayliga,
 negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali 
tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo`ladi. (M.M.Do`st)


KO`MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga 
shuning 
uchun, shu sababli, shu tufayli
singari ko`makchili qurilmalar vositasida bog`lanadi. Ular 
bosh 
gap
ning tarkibida keladi.
 Xalq Yusufbek xojidan zarra yomonlik ko`rmagan, 
shuning uchun u 
qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi.
Deb
SO`ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga 
ko`pincha 
deb
so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli 
shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi 
uchun
ko`makchisi bilan 
ma’nodosh sanaladi, shuning uchun bir-biri bilan erkin almashisha oladi. Ergash gaplar yozuvda 
bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. 
Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga.(H. 
Olimjon)

Yüklə 53,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin