shuki , bugun o`zga bir go`shaga chekining. Qizig`i shundaki , u hali bundan bexabar ekan. Bizda shundayki , o`zidan kichiklarni ham sizlashadi .
EGA ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi
ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so`zlar (
kim-o`sha, nima-o`sha kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi -
ki yuklamasi yordamida
bog`lanadi. Gap qismlari nisbiy so`zlar yordami bog`langanda, ergash gap kesimi shart mayli
shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi: Kimki ilm urug`ini
sepsa, u ulug`lik mevasini teradi. Qozonga nima tushsa, cho`michga ham o`sha chiqadi.
Gap qismlari
–ki yordamida bog`langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi:
Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi. Ba’zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmasligi mumkin, ammo uning
o`rni bilinib turadi:
Bu savollardan ma’lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas.(Bu savollardan shu narsa ma’lum bo`ldiki…) HOL ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo`llangan qo`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi
yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-
darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh
gapga nisbiy so`zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog`lovchilari;
deb so`zi
yordamida bog`lanadi. Hol ergash gaplar holning ma’no turlariga mavofiq o`z ichida payt, o`rin,
sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja ergash gaplar singari bir necha turlarga bo`linadi.
Oqsoqol qayerda bo`lsa, o`sha joyda ish bir tartibda borardi.