Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Marketing tashqi xabarnoma



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   172
Marketing

2. Marketing tashqi xabarnoma
- axborot tizimi marketing va tijorat 
faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan 
tashkil topadi.
Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar 
bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita 
xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy 
ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga 
ixtisoslashadilar. Demak, 
marketing tashqi xabarnoma
- axborot quyi tizimi - 
tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan 
axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‘sinda ushbu 
muhitga ta’sir etish imkonini beradi. 
3. 
Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda 
qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror 
qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida 
qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan 
bo‘lishi tabiiydir. 
4. Marketing tadqiqoti quyi tizimi
- tartibga solingan va to‘plangan 
ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot 
uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisini tashkil etadi. Ushbu quyi tizim 
marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus 
ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el 
firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida 
mablag‘ sarflanadi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli 
bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona 
natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, 
eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) 
3. Tashkilot mas’uliyati bo‘yicha izlanishlar. 


65 
4. Bozor tahlili. 
5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, 
bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, 
sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.) 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin