77
5-BOB. MARKETING TIZIMI VA SOHASI
5.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini
qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy
qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish
hajmi, kompaniyaning
innovatsion darajasi, o‘lchovning holati, alohida shartlar
tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini
aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi
ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig‘indisidan
iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
➢
ta’minotchilar;
➢
raqobatchilar;
➢
vositachilar;
➢
iste’molchilar (bozor);
➢
firma (kompaniya).
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan muhit
ta’sirida olib boriladi.
Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik
va ekologik omillar kiradi.
Ta’minotchilar –
alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan
tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi.
Raqobatchilar – hohishi bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha,
tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi.
Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga
etkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir.
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.
78
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida
tovar va oqim holatlarini
transportirovka qilish bilan shug‘ullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni
amalga oshiradi.
Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki
ularni potensial guruhi
bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini
o‘rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, tahlil
qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazib,
dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi
texnologik jarayonlarni
egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab
bo‘ladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga
erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyat serqirradir. Uning tarkibi yoki
faoliyat sohalarida quyidagicha:
- ishlab chiqarish vositalari marketingi;
- iste’mol tovarlari marketingi,
- xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin.
Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi,
ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi
navbatda ishlab chiqarish
talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik
qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi.
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan
iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq.
Bu sohada iste’molchi fe’l - atvorining tub mohiyatini o‘rganishga katta e’tibor
beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish,
bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing
faoliyatining asosiy
79
masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyillari
iste’mol tovarlari marketingi samarasi.
Dostları ilə paylaş: