«Porterning umumiy strategik modeli» da korxona barcha imkoniyatlarini
bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
evaziga mahsulotga past baho belgilab iste’molchilarni ko‘proq jalb etadi va sotish
hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar yo‘q bozorni yangi tovar
assortimenti bilan egallab oladi.
M.Porter 3 xil asosiy raqobatli strategiyalarni ajratib ko‘rsatgan:
1. Xarajatlar bo‘yicha ustunlik. Bunda tovarga raqibga nisbatan pastroq narx
qo‘yish hisobiga yuqori bozor ulushini egallash maqsadida xarajatlarni
minimallashtirishga mo‘ljal oladi.
2. Differensiatsiya – raqiblar taklifi oldida ustunlikka ega bo‘lgan mahsulot
ishlab chiqarishga va marketing dasturiga mo‘ljallanadi.
Differensiatsiyaning 4 ta yo‘nalishi mavjud:
-
tovar differensiatsiyasi;
-
servisli differensiatsiya;
-
xodimlar differensiatsiyasi;
-
imij differensiatsiyasi.
3.Fokuslash(konsentratsiya) – butun bozorga emas, balki maxsus bozor
segmentiga noyob savdo taklifi ishlab chiqish yo‘li bilan mo‘ljalni olishdir.
«Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari kolipi(matritsasi)»da foydani ko‘paytirish
birinchidan -tovar harakatini o‘zgartirmagan holatda bozorni kengaytirish,
ikkinchidan - hali talab qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona
bozorda yaxshi tanilgandan so‘ng yangi tovar ishlab chiqarishyoki modifikatsiyasini
o‘zgartirish; to‘rtinchidan - yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish
orqali erishiladi.
Boshqacha aytganda “tovar - bozor” matritsasi I. Ansoff matritsasi deb
yuritiladi. I. Ansoff matritsasi bo‘yicha strategiyani tanlash bozorni to‘ldirilganligi va
111
firmani tovar ishlab chiqarish imkoniyatlarini yangilanishi bilan aniqlanadi. U
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
T
ova
r
Bozor
eski
yangi
es
ki