106
rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni
amalga oshirishga
qaratiladi.
Ob’ektga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab
chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi
quyidagi maqsadlarga
yo‘naltirilgan bo‘ladi:
•
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy
nomenklaturasini aniqlash;
•
innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash;
•
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha
qaror
qabul qilish;
•
tovar ishlab chiqarishning tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish;
•
ishlab chiqarishni ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni umumiy hajmi
va ularning tuzilishini hisoblash;
•
moliyalashtirish manbalarini topish;
•
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
•
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
•
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani prognoz qilish.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq
ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha
marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatini jami ko‘rsatkichlari
to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi:
•
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
•
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko‘p variantli hisob-
kitobini o‘tkazish;
•
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini
va zarurligini
asoslash;
107
•
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
•
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga olgan
holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;
•
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlar, narx va foydani solishtirish);
•
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash
tovarlarini hisobga olgan
holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Dostları ilə paylaş: