Oziq-ovqat mahsulotlarini turkumlash, turlarga ajratish deganda, tovarlarning umumiy belgilariga, xususiyatlariga qarab ma’lum bir turlarga ajratish tushuniladi. Òovarshunoslikda tovarlarning turlari juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki oziq-ovqat tovarlarini ma’lum bir tartibga solmasdan turib ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish, hisob-kitob ishlarini olib borish, tovarlarning assortimenti, sifati va iste’mol qiymatini mukammal o‘rganish katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
Oziq-ovqat tovarlarini turkumlashda ularning har xil xususiyatlari hisobga olinadi: paydo bo‘lishi, kimyoviy tarkibi, xomashyoning qayta ishlanganlik darajasi, foydalanilishi va
boshqalar. Masalan, kelib chiqishiga qarab hamma oziq- ovqatlarni o‘simlik mahsulotlari yoki hayvon mahsulotlariga, kimyoviy tarkibi bo‘yicha esa oqsilli, yog‘li yoki uglevodga boy mahsulotlarga, qayta ishlanganligiga qarab esa xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarga, ishlatilishiga qarab esa ozuqaviy hamda lazzatli mahsulotlarga bo‘lish mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlari kelib chiqishi va ishlab chiqa- rishdagi qo‘llanishiga qarab quyidagi turlarga ajratilgan:
Sabzavot va mevalar.
Baliq va baliq mahsulotlari.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari.
Sut va sut mahsulotlari.
Òuxum va tuxum mahsulotlari.
Oziq-ovqat yog‘lari.
Don va don mahsulotlari.
Kraxmal. Qand. Asal. Qandolat mahsulotlari.
Òa’m beruvchi mahsulotlar.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari saqlash sharoitlari bo‘yicha quydagicha turkumlanadi:
Go‘sht-baliqlar.
Sut-yog‘lar.
Gastronomiya.
Quruq.
Sabzavotlar va ho‘l mevalar.
Oziq-ovqat mahsulotlari turi va sifati bo‘yicha bo‘linadi. Mahsulotning turi deb, uning kelib chiqishi yoki ishlab chiqa- rilishiga aytiladi, sifatiesa standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichining past-balandlik darajasi. Mahsulot turlari va sifatlarining yig‘indisi tovarlar assortimentini tashkil qiladi. Odatda, bu tovarlar turli o‘lchovdagi va ko‘rinishdagi bir xil funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Savdo shoxobchalarida oziq-ovqat mahsulotlari shartli ravishda ikki turga ajratiladi: gastronomiya va baqqollik mahsulotlari.
Gastronomiyatovarlariga iste’mol uchun tayyor bo‘lgan mahsulotlar – go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, konservalar, non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari va boshqalar kiradi.
Baqqollikmahsulotlariga esa yormalar, un, makaron mahsulotlari, xamirturush, choy, tuz, qand, qahva va kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan xo‘jalik tovarlari (kirsovun, tish pastalari, soda va h.k.) kiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlari kelib chiqishi va yetishtirilish, iste’mol qilinish xususiyatlari bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi:
Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan o‘simlik mahsulot- lari;
Chorvachilikda yetishtiriladigan hayvon mahsulotlari (1-chizma).
Baqqollik mahsulotlari
Go‘sht mahsulotlari
Baliq va baliq mahsulotlari
Sut mahsulotlari
chizma.Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol qilinish xususiyatlari bo‘yicha turkumlanishi.