MARKETING DASTURI, MARKETING BIZNES REJASI Reja
1. Marketing dasturi haqida tushuncha.
2. Maqsadli dastur yondoshishi-marketing dasturining uslubiy asosidir.
3. Marketing dasturining ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo’limlari.
1. Marketing dasturi haqida tushuncha
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi hulq-atvorini strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o’z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo’nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini bog’liqligiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va himoya strategiyalari bo’lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqishda ko’p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo’ladi. Dasturni minimal varianti, dasturni og’ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturni o’rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo’nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va lo’nda tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi. pastki bo’g’in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funktsiyalarni savollarini yechishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Ob’yektiga bog’liqligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo’yicha va ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin.
1. Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul qilish;
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini ja’mi ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
2. Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko’p variantli hisob-kitobini o’tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.