Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172
Marketing

 
 
9.4-rasm. Savdo markasini brendga aylantirish 
Brending turli xildagi tovarlar va xizmatlar uchun qo‘llanishi mumkin. Asosiy 
tavsifnomalari xilma-xillik va ochiqlik bo‘lgan iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun 
brending eng avvalo bozorni segmentlash hamda tovar va xizmatlarni differensiatsiya 
qilish mexanizmi sifatida ishtirok etadi. Murakkablik, o‘zgarish darajasining tezligi, 
xaridorning tovarni mustaqil ravishda tartibga solishga qodir bo‘lmagan yuqori 
texnologiyali tovarlar uchun brending noaniqlik va risk darajasining yuqoriligi tufayli 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, xaridning emotsional tarkibiy qismi va noaniqliklar, ijobiy 
tajriba, ishonch, obro‘-e’tibor va fikr-mulohazalar shakllantirish zarurati tufayli 
xizmatlar brendingga ehtiyoj sezadi. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi? 
2. Tovarlar klassifikatsiyasini aytib bering. 
3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz? 
Savdo
markasi 
Bozorda ajralib turish, mashhurlik 
Xaridorlarda unga nisbatan ishonch 
Brend 


169 
4. Tovarning yashash davri konsepsiyasini izohlab bering. 
5. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
6. Mahsulot differensiatsiyasi nima? 
7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering? 
8. Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
9. Savdo markalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy qarorlar nimalardan iborat?
 
10. Savdo markasining tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyatini izohlang? 
 
 
 


170 
10-BOB. NARX SIYOSATI 
 
10.1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari 
Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi 
ifodasi, qiymatining bozordagi ko‘rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor 
holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘likkan 
bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini 
tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini 
uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar 
(tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: 
1.
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi; 
2.
hisob-kitob, ulchov funksiyasi; 
3.
iqtisodiy regulyator funksiyasi; 
4.
raqobat vositasi funksiyasi; 
5.
ijtimoiy himoya funksiyasi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx
nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin 
narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o‘zgaruvchan narx, limit 
narx, muvozanat narx. 
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – 
tadbirlari yig‘indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini, 
shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar 
va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir. 
Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora – tadbirlaridir. 
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) va 
bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir: 
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish; 


171 
- joriy foydani maksimallashtirish; 
- bozor ulushi bo‘yicha liderlik; 
- tovar sifati bo‘yicha liderlik. 
Narxlar tovarni yangilik ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
1.
“Qaymog‘ini olish” strategiyasi 
2.
Bozorga yorib kirish 
3.
“Psixologik” narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish 
psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq) 
4.
Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga 
nisbatan narx o‘rnatiladi. 
5.
Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari 
6.
Tebranib turuvchi narx 
7.
Uzoq muddatli narx 
8.
Egiluvchan narx 
9.
Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‘yadigan 
narx. 
10.
Kelishilgan narx 
11.
Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx. 
Oxirgi narxga quyidagi omillar ta’sir etadi: 
1.
Tovar iste’molchilari 
2.
Davlat tomonidan tartibga solish 
3.
Tovar harakati kanallari qatnashchilari 
4.
Raqobat.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish 
qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori 
sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Narx darajasiga 
tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni bog‘liqdir. 
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng 
ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat. 


172 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin