163
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g‘oyani qidirish bilan
boshlanadi. Yangi tovar g‘oyani qidirishni asosi bo‘lib tovar haqidagi ichki va tashqi
g‘oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g‘oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va
iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko‘rgazmalar, tadqiqot institutlari,
ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g‘oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‘limi, ishlab
chiqarish bo‘limi, marketing bo‘limini barcha qismlari, xalqaro iktisoiy hamkorlik
bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‘z mazmuniga ko‘ra yangi tovarni
rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va ishlab
chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo‘llaniladi. YAngi tovar haqida
g‘oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi,
xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar
markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: