156
9.
Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo‘lishi, raqobat darajasi
bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari
bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli ustunliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi –
tashqi va ichki raqobatli ustunliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini
tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir
15
. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor
kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq
sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi
bo‘lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi.
Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‘ra
kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat
hosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat
tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik
oqibatidir».
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: narx – sifat – servis
– marketing muhiti.
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog‘liqdir. Ular sifat,
iqtisodiyot va marketing ko‘rsatkichlari yordami bilan to‘liq tavsiflanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: