148
9-BOB. TOVAR SIYOSATI
9.1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir
Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish,
sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Bular fizik ob’ektlar,
xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi
mumkin.
Xizmat –
bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish
usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.
Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish)
davrida
ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga
olgan
holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib,
AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan.
Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni
echish usuli yoki asosiy
foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi.
Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini
belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni),
marka
nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir.
Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha
xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir.
Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 –
darajani,
ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan
ustunligi va boshqa
xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.
Tovarning uch darajali klassik modeli 9.1-rasmda keltirilmoqda.
Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari bo‘yicha bir – biriga o‘xshash,
maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli o‘xshash
tovarlar yoki xizmatlar guruhidir.
Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari
yig‘indisidir.