197
➢
tovarlarni joylash shunday
amalga oshirilishi kerakki, iste’molchini
sotuvchilar yordamiga deyarli murojaat qilmagan holda savdo zali bo‘ylab imkon
qadar ko‘proq yurishga majbur qilish lozim.
Tovarlarni joylash merchandayzing tizimining asosiy elementlaridan sanaladi.
Ko‘pincha merchandayzingni joriy qilish aynan tovarlarni joylashni nazorat qilish va
tahlil qilishdan boshlanadi. Mahsulot merchandayzingi tovar brendini ishlab chiqish,
tashqi reklama yoki reklama aksiyalari o‘tkazish kabi muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu sababli hozirgi paytda turli chakana savdogarlarga xizmatlar taqdim etayotgan
merchandayzing agentliklari paydo bo‘lmoqda.
Xorijda
merchandayzing
joriy
qilish
bo‘yicha dastlabki tashabbus
supermarketlar tarmog‘idan iborat bo‘lgan eng tashkillashtirilgan chakana
savdogarlardan kelib chiqqan. Har bir tovar
guruhi assortimenti orasida
iste’molchilar orasida eng ommalashgan va ular bilan savdo qilish do‘kon egasiga
asosiy foyda miqdorini keltiradigan markalar va o‘rovlarni ajratib ko‘rsatish
mumkin. Zarur tovarni izlab topish va tanlashni engillashtirib, tanlov va xarid
jarayonini qiziqarli mashg‘ulotga aylantirgan va shu tariqa xaridorning savdo zalida
bo‘lish vaqtini kengaytirgan holda qo‘shimcha samaraga ega bo‘lish mumkin. Huddi
shuningdek,
sotuvni
rag‘batlantirish uchun
merchandayzing tovar ishlab
chiqaruvchilar va ta’minotchilar tomonidan ham foydalanila boshladi.
Toifaviy merchandayzing – ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va chakana
savdo nuqtalari o‘rtasida o‘zaro ta’sir qilishning bu munosabalarni merchandayzing
agentligi tomonidan tartibga solishga asoslangan insonparvar usuli. Toifaviy
merchandayzing maqsadi savdo tarmog‘ining ta’minotchilar
bilim bitim tuzishi
bo‘lib, unda ularning mahsulotini joylash qoidalari aniq kelishib olinadi, do‘konlar
esa faqat savdo zallarida samarali assortimentni qo‘llab-quvvatlash va tovarlarni
joylash ustidan nazorat bilan shug‘ullanadi. Mazkur yondashuv toifaviy
merchandayzing deb ataladi, chunki bu savdo tarmog‘ida umumiy, ochiq,
samarali
merchandayzing tizimi ishlab chiqish, joriy qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
loyiha hisoblanadi.
198
Vizual merchandayzing (visual merchandising) – iste’molchilarning vizual
qabul qilishi bilan izohlanadigan butun taqdimot faoliyati.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan quyidagi ilg‘or
usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:
•
chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda
kataloglar bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
•
shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interer, uncha
ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi
tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish;
•
«qulay do‘konlar», cheklangan assortimentdagi
tovarlar asosan yangi oziq-
ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida
xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan
ilg‘or usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo‘llar xaridorga yanada ko‘proq
turli xil xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga bo‘lgan narxni tushirish bo‘lib
hisoblanadi. Bulardan savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: