Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Kompaniyalarda reklama faoliyatini tashkil etish



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
7.3. Kompaniyalarda reklama faoliyatini tashkil etish 
Har bir reklama vositasining ajralmas qismi sanalgan е мя reklamaning g‘oyasi 
va asosiy mazmunini ochib beradi. 
Shunday qilib, matn bu – e’lonning so‘zlardan iborat bo‘lgan qismi, ya’ni jurnal 
va gazetada chop etilgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali reklama jo‘natmalarida 
yuborilgan, televizion yoki radiorolikda o‘qib eshittirilgan so‘zlardir. Matn muayyan 
reklama vositasi (davriy matbuotda joylashtiriladigan reklama xabari, radio orqali 
reklama eshittirishi va h.k. uchun), shuningdek, reklama xabari xarakterini (axborot 
berish, eslatish, ishontirish va h.k.) hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
Reklama matnini tuzishda xaridorlar tovarlarni xarid qilish haqida qaror qabul 
qilishda amal qiladigan undovchi motivlarni hisobga olish lozim. 
Amerikalik psixolog A.X.Maslou taklif etgan inson ehtiyojlari tasnifi ularda turli 
undovchi motivlardan foydalanib, reklama matnlari tuzishga ma’lum darajada yordam 
beradi. 
Quyida reklama materiallari matnli mavzularining g‘oyalarini ishlab chiqish 
uslubiyati keltiriladi. 


147 
7.1-rasm. Reklama materiallari matnli mavzulari g‘oyalarini ishlab chiqish 
uslubiyati 
Reklama matnlari tuzish bilan shug‘ullanuvchi reklama agentligi mutaxassislari 
ushbu tasnifdan o‘z faoliyatida bemalol foydalanishi mumkin. 
Ta’kidlash joizki, inson xulq-atvori real hayotda qandaydir bitta muayyan ehtiyoj 
biln emas, balki ushbu ehtiyojga hamrohlik qiladigan qator omillar majmui bilan 
motivatsiyalanadi. Bu holatni quyidagi misol yordamida izohlab berish mumkin. 
Aytaylik, odam ovqatni faqat qorin to‘yg‘izish uchun emas, balki yoqimli ta’mdan 
lazzat olish, do‘stlari bilan hordik chiqarish yoki ovqatlanish rejimiga amal qilish 
uchun iste’mol qilishi mumkin. 
Shunday qilib, reklama mutaxassisi – matn tayyorlovchi oldida mavjud ehtiyojlar 
va omillar ichidan inson xulq-atvoriga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigan va reklama 
tomonidan ta’sirga moyilroq bo‘lganlarini tanlab olish vazifasi turadi. 
Shunday reklama e’loni yaratish kerakki, u ehtiyojni uyg‘otsin yoki kuchaytirsin, 
Har tomonlama tahlil asosida 
tashkilotingiz va va reklama qilinayotgan 
tovar (xizmat) xuddi shunday tovarlar 
(xizmatlar) bozoridagi o‘rnini aniqlash. 
Raqobatchilarning reklama materiallarini 
to‘plash, o‘rganish va baholash.
Bo‘lg‘usi reklama reklama materiallari 
oluvchsining o‘rniga o‘zini qo‘yib 
ko‘rish. Sizning mahsulot (xizmat) 
qoniqtiradigan iste’molchi ehtiyojlari 
ro‘yxati va tovar (xizmat) reklama 
qilinadigan foydali xususiyatlari 
ro‘yxatini tuzish.
Bo‘lg‘usi reklama xabaringiz reklama 
oluvchiga kelib utshishi turli vaziyatlarini 
modellashtirish. Uning bu reklama 
xabarlarini tuzish, dalillar bilan isbotlash 
va rasmiylashtirish turli variantlariga 
ehtimoliy reaksiyasini tasavvur qilish va 
tahlil qilishga harakat qilib ko‘rish. 
Mahsulotingiz afzalliklariga e’tiborni 
taqsimlash to‘g‘ri tartibini, uning foydali 
xislatlarini sanab o‘tish tartibini aniqlash.
Qilingan ishlar natijalari bo‘yicha reja 
tuzish – reklama materialining mantli 
qismini, reklama shior-sarlavhalari 
yo‘nalishini, reklama materialini rasmlar 
bilan bezash ehtimoliy syujetlarini 
tayyorlash.


148 
unda aks ettirilgan tovar esa yuzaga kelgan ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat 
qilsin. 
Maslov taklif etgan insonning asosiy ehtiyojlari tasnifidan mohirlik bilan 
foydalanib, reklama murojaatlari uchun inson xulq-atvorini harakatga soladigan asosiy 
undovchi motivlarni tanlash mumkin. 
Quyida AQSHlik mutaxassislar tomonidan tuzilgan undovchi motivlarga misollar 
keltiriladi. 
1. Yuvilgan kirlarni yanada toza qiladi. 
2. Buzilgan oshqozonni tezda tinchlantiradi. 
3. Siz faqat eng yaxshi narsa jo‘natishni istaganda. 
4. Siz munosib bo‘lgan teri uchun. 
5. Elash kerak bo‘lmagan un. 
6. Ajoyib, engil pivoning haqiqiy ta’mi. 
7. Sizni jamiyat munosib qabul qilishini kafolatlaydigan dezodorant. 
8. Yosh rahbar uchun tufli. 
9. Plastik quti sigaretalarni yaxshi saqlaydi. 
10. Zamonaviy kishilar uyini ifodalaydigan mebel. 
11. Engilroq va uni ko‘tarish oson bo‘lgan portativ televizor. 
12. Nozik didli kishilar uchun stereosistema.
Potensial xaridorni birinchi navbatda, ishlab chiqaruvchi tovarga nima kiritgani 
emas, balki bu tovardan ular qanday foyda olishi mumkinligi qiziqtiradi, ya’ni shaxsiy 
foyda motivi yaqqol namoyon bo‘ladi. 
E’lon matni o‘quvchiga bu erda nimadir uning uchun zarur ekanligiga ishontirishi 
lozim. 
Ko‘plab tovarlar uchun ularning hajmi, tuzilishi, vazni, rangi, narxi, sotuv 
shartlari haqida ma’lumot berish o‘rinlidir. Bularning barchasini reklama e’loniga 
kiritish mumkin. 
Ayrim mutaxassislar matnda ma’lum bir ma’lumotlar paydo bo‘lishi potensial 
xaridorlarni tovar xarid qilishdan cho‘chitib yuborishi mumkin deb hisoblaydi. SHu 
sababli ko‘pincha narx haqida ma’lumot tushirib qoldiriladi. Bunday tajriba 


149 
tarafdorlari reklama e’loni tovarning iste’mol xususiyatlariga qiziqish uyg‘otishi lozim 
xolos, qolgan axborotni esa xaridor magazindan bilib olishi mumkin deb hisoblaydilar. 
Bunday yondashuv noto‘g‘ri, chunki narx haqida axborot bo‘lmasa, ko‘plab potensial 
iste’molchilar narx haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Agar tasavvur 
qilingan narx real narxdan ancha past bo‘lsa, iste’molchi tovarni sotib olmasligi 
mumkin. Agar tasavvur qilingan narx real narxdan baland bo‘lsa, potensial xaridorlar 
umuman qo‘shimcha axborot izlashni istamay qo‘yadi. 
E’londa muayyan va eng to‘liq axborot berish zarur, vaholanki bunda odatda matn 
uzunlashib ketadi. Bir necha marta isbotlanganki, odamlar agar ularga kerakli axborot 
bo‘lsa, istalgan uzunlikdagi matnni o‘qib chiqishga tayyor bo‘ladi. Mebel, 
changyutgich, televizor, videomagnitofon xarid qilishni niyat qilgan kishi shu tovarga 
taalluqli bo‘lgan istalgan e’lonni ko‘rsa, agarda bu e’londa uning uchun hech qanday 
foydali qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘qligi haqida xulosaga kelmasa, bu e’lonni 
oxirigacha o‘qib chiqadi. Reklama matni qiziqarli va foydali bo‘lib qolaverar ekan, 
haqiqiy potensial xaridor uni o‘qib chiqadi. 
Reklama matni yozuvchilar shuni esdan chiqarmasligi kerakki, odamlar ko‘proq 
o‘zi, o‘zining hayoti bilan qiziqadi. Inson xulq-atvorini quruq, betaraf dalillar emas, 
balki aytib o‘tganimizdek, farovonlik, muhabbat, hurmatga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar 
boshqaradi. Shu sababli matn yozuvchi reklama matni o‘quvchilarni bu xabarda gap 
nima haqida ketayotganiga qiziqtirishga harakat qilishi lozim. Masalan, reklama 
e’lonida o‘ziga o‘xshagan odam tasvirini, xuddi o‘zi kabi gappiradigan odamni ko‘rib 
qolgan kishining e’tibori bir pasda jalb qilinadi. 
Tovar va uning iste’mol xususiyatlari yuqori ekanligiga ishonchi komil bo‘lgan 
matn yozuvchilar bundan shubhalangan kishilardan ko‘ra ishonchliroq matn yozadi, 
albatta. Biroq ishonch hosil qilish uchun ular tovar haqida, uning tuzilishi, 
ekspluatatsion xususiyatlari va boshqa xislatlari haqida axborotni batafsil o‘rganib 
chiqishlari lozim. 
Matn haqqoniyat bilan va qisqa shaklda berilishi lozim. Haqqoniylik reklama 
murojaatiga hayotiylik, individuallik va ishonarlilik baxsh etadi. 
Agar matn muvaffaqiyatli chiqsa, u kishini harakat qilishga undaydi. Ko‘pincha 


150 
bu bevosita yoki bilvosita ishontirish yo‘li bilan qilinadi. Matnchilar bu – ijodkor 
xodimlar bo‘lib, ularning aksariyati o‘z ishining ustasi bo‘lgan holda amalda ratsional 
izohga bo‘sunmaydigan «intuitsiya»ga amal qiladi. 
Reklama yaratish bo‘yicha xorij tajribalari yaxshi reklama yaratishga yordam 
beradigan ayrim qoidalar shakllantirishga imkon beradi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin