Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Assortimentni kengaytirish - bu mavjud bo‘lgan tovar kategoriyalariga, 
maxsulotni yangi varintlarini qo‘shishdir. Marketologlar bunday kengaytirishni 
maqsadli iste’molchilarni ayrim guruhlari talablarini etarli ravishda qoniqtirmaslik 
bilan izohlaydilar va shu sababli savdo markasi obro‘siga xavf tug‘ilishi mumkin. 
Assortimentni qisqartirish - bu taklif etilayotgan turli xildagi xar bir tovarlar 
kategoriyasi sonini qisqartirish yo‘li orqali tovar assortimenti chuqurligini 
kamaytirishdir. 
Assortimentni boshqarish - bu korxonani bozorda ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlarni hamda strategik maqsadlarini hisobga olgan holda assortimentni 
rivojlantirishni rejalashtirish, tashkil etish,inazorat qilish va tartibga solishdir. 
Assortimentni kengligi - bu bozorga taklif etilayotgan, ma’lum bir sondagi turli 
mahsulot leniyalaridir (tovar kategoriyalari). 
AIDA modeli - bu inglizcha so‘zlarning abbreviaturasidir (Attention - diqqat, 
Interest - qiziqish, Desire – xohish, istak, Action - xarakat). Mazkur reklama murojaati 
modeli 1986 yilda AQSH marketologi E.Levis tomonidan taklif etilgan, AIDA modeli 
muallifining ta’kidlashicha, xabari yo‘q yoki ma’lumotga ega bo‘lmagan 


229 
iste’molchiga, reklama bo‘yicha xabardor bo‘lish, qiziqish, xohlash va xarakat (sotib 
olish) ketma-ketligi bo‘yicha ta’sir etadi. 
Benchmarking– bu inglizcha so‘z «benchmark»dan olingan bo‘lib, o‘zbek tiliga 
tarjima qilinganda «nazorat nuqtasi» yoki «taqqoslash belgisi», degan ma’noni anglatadi. Bu 
atama 1972 yilda Kembridj strategik rejalashtirish instituti xodimlari tomonidan taklif etilgan. 
Ularning fikricha, korxona rahbariyati raqobatbardoshlik sohasida samarali qarorlarni qidirib 
topishi uchun o‘xshash sharoitlarda yuqori yutuqlarga erishgan ilg‘or korxonalarning 
tajribasini bilishi lozim. 
Benchmarkingning asosiy tamoyili – «ilg‘orlikdan yanada ilg‘orlikka». 
Benchmarking – quyidagi faoliyatni o‘z ichiga oladi: 
– taqdimot asosida, boshqa korxonalar yaxshi amalga oshiradigan tomonlarini 
aniqlash; 
– boshqa korxonalar yaxshi amalga oshiradigan tomonlarni o‘rganish; 
– ilg‘or korxonalarning ishlash uslublarini o‘z faoliyatida qo‘llash va yanada 
takomillashtirish.
Benchmarkingni qo‘llayotgan korxona quyidagi savollarga javob olishi zarur. 
Qaysi firma shu sohada ilg‘or hisoblanadi? 
Qanday sabablarga ko‘ra bizning firmamiz ilg‘or hisoblanmaydi? 
Bizning firmamiz ilg‘orlikka erishish uchun nimalarni o‘zlashtirishi zarur? 
Ilg‘or firma erishgan yutuqlarga erishish uchun qanday strategiyalarni amaliyotga 
tatbiq etishi zarur? 
Benchmarkingni marketing tadqiqotlarining alohida yo‘nalishi sifatida ko‘rish zarur. 
BKG matritsasi– Boston Konsalting Guruhi yoki 1960 yillardagi kompaniya 
mahsulotining portfel tahlili “ bozor ulushi- bozorning o‘sishi” matritsasi. Kompaniya 
mahsulotini shartli ravishda quyidagilarga ajratiladi: “savollar belgilari” (Question 
marks) – mahsulotlarning boshlang‘ich hayot davri; “yulduzlar” (Stars) – o‘sish 
davrida turgan mahsulotlar; “sog‘in sigirlar” (Cash cows) – bular etilgan, pishgan 
davrga etgan mahsulotlar bo‘lib, ular bozorning katta ulushiga ega va yuqori foyda 
olishni ta’minlaydi; “cho‘loq o‘rdaklar (itlar)” (Dogs) – talabni pasayib borish davrida 
turgan mahsulotlar. 


230 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin