228
-
uning xulosa qismida, so‘rovda ishtrok etganlar (respondentlar) haqida
ma’lumotlar (agar uning iloji bo‘lsa) va shuningdek, so‘rovda ishtrok etganlik uchun
tashakkur aytiladi.
O‘zbekiston amaliyotida anketani ba’zida so‘rovnoma ham deb ataydilar.
Ansoff matritsasi– bu matritsa bozorni va tovarni rivojlantirishni tahlil qilish
uchun foydalaniladi. Tahlil predmeti bo‘lib quyidagi strategiyalar qo‘llaniladi: mavjud
tovarlarni eski bozorlarga moslashtirish, barqaror qilish yoki ushbu bozorlarda ularni
ulushini oshirish bo‘yicha ish olib borish; bozorni rivojlantirish – bu eski tovarlar bilan
yangi tovarlarni sotish va rivojlantirish (innovatsiya) hamda diversifikatsiya (bozordan
ketish).
Assortiment chuqurligi - bu bir kategoriyadagi tovarlar doirasida taklif
etilayotgan, turli sondagi tovarlar (artikullar) nomlari. Korxona, masalan, turli xildagi
terilar uchun mo‘ljallangan turli varintdagi soqol olish ustaralarini taklif etadi.
Dostları ilə paylaş: