Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

2.2.Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi 
Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yo‘l yoki 
yondashuvki, uning asosida korxona o‘zining marketing faoliyatini yurgizadi. 
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma 
faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab 
chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 
• ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish; 
• marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash; 
• marketing strategiyasini aniqlash; 
• rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati 
elementlarini tanlash. 
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo‘lgan 
talabni rivojlanish darajasiga bog‘liqligi jihatidan evolyusion taraqqiyot bosqichini 
kechdi. 
Marketing konsepsiyasi haqida quyida rasm va jadvallarda ma’lumotlar berilgan. 
Quyidagi 2.1-rasmda marketing konsepsiyasining ta’rifi keltirilgan. 


29 
 
2.1-rasm. Marketing konsepsiyasining ta’rifi
3
 
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing 
evolyusiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi. 
2.2-rasm. Marketing konsepsiyalari 
 
 
3
Юсупов М.А., Абдурахмонова М.М. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиёт, 2019.-190 б. 
Marketing konsepsiyalari
• ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi
• tovar yoki xizmatni takomillashtirish konsepsiyasi
• sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi
• sof marketing konsepsiyasi
• ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi
• o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi
Bu 
boshqaruv 
falsafasidir. 

esa, 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchilarga 
is’temolchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda olishlari uchun yordam 
beradi. 
Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida quyidagilarga diqqat 
e’tiborni jalb etish lozim: 
• Tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga; 
• bozorga; 
• is’temolchilarning maqsadli guruhlariga; 
• bosh strategik maqsadlarga. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin