Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketingni asosiy rivojlanish bosqichlari nimadan iborat? 
2. Marketingni asosiy konsepsiyalari nimalardan iborat? 
3. Sof marketing konsepsiyasi bilan sotishni(tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi 
o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
4. Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi bilan tovar konsepsiyasi 
o‘rtasidagi farqni ko‘rsating? 
5. Xolistik marketing konsepsiyasining mazmuni nimadan iborat? 
6. Innovatsion marketing deganda nimani tushunasiz? 
7. Innovatsion marketingning qanday turlarini bilasiz? 
8. Innovatsion marketing konsetspiyasining mazmuni nimadan iborat? 
 
 


48 
3 - BOB. MARKETING MUHITI 
 
3.1. Marketing muhiti va uning komponentlari 
Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub’ektlar va 
kuchlar bo‘lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo‘ladigan munosabatlarini vujudga 
keltirish va qo‘llab – quvvatlashga ta’sir o‘tkazadilar. 
Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lgan tashqi 
muhit omillari ta’sir qiladi. 
Tashqi muhit sub’ektlari – ta’minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, 
kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo‘lib, ular korxonaning marketing 
faoliyatiga yordam berish yoki to‘sqinlik qilishda ishtirok etadilar. 
Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy – 
huquqiy va madaniylar bo‘lib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf 
– xatarini vujudga keltiradilar. 
Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini o‘zgarishini doimo kuzatib 
borishi va shu o‘zgarishlarga kerakli bo‘lgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda 
tashqi muhit juda ham tez o‘zgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda 
harid qilish jarayonini kelgusida qanday o‘zgarishini tasavvur qilib ko‘raylikchi? 
Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid 
qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular o‘rnini Internet orqali amalga 
oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, kattayig‘imdagi oziq – ovqatlar uylarga 
eltib beriladi. Ya’ni, savdo va etkazib berish bilan shug‘ullanadigan korxonalar 
birlashadilar. 
Xaridorlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu 
ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus elektron 
dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025 yilga borib, kompyuter tovarlar zahirasi 
qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi supermarketga buyurtma 
beradi. 
Kelgusidagi bunday o‘zgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni o‘yga 
solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi 


49 
bo‘lib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur 
axborotlarni yig‘ish maxsus uslublarga ega bo‘lgan, marketing tadqiqotlari bor. 
Ikkinchidan esa, ular iste’molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli, 
marketologlar tez o‘zgarayotgan muhit uchun kerakli bo‘lgan, marketing 
strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni o‘zgartiradilar. 
Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir. 
Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni mijozlariga 
xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchlardir. 
Korxonalar o‘zlarining xaridorlarini diqqat bilan o‘rganishlari lozim. Quyidagi 
3.1-rasmda bozorlarning oltita turi keltirilgan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin