Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Reklamaning asosiy maqsadlari – xabardorlikni tashkillashtirish, axborot 
taqdim etish, ishontirish, eslatish, xarid haqida qaror qabul qilishga ko’ndirishdir. 
Reklamaning yakuniy maqsadlari iste’molchilar xulq-atvorida kutilayotgan 
reaksiyaga erishishdan iborat: bilishga oid (taniqlilik, mashhurlik, marka nufuzliligi va 
h.k.); emosional (tan berish, moyillik, estetik qoniqish va h.k.); xulq-atvor (sinov 
tariqasida xarid qilishga undash, iste’mol qizg’inligini oshirish, savdo markasiga 


138 
sodiqlikni kuchaytirish va b.). Reklamaning bosh maqsadi – mijozga shunday ta’sir 
ko’rsatish kerakki, u xarid paytida aynan reklama qilinayotgan mahsulotni xarid qilsin. 
Reklama maqsadlari aniq belgilangan va bajarish mumkin bo’lgan marketing 
rejalariga bog’liq yud, agarda ular reklama samaradorligini oshirishni nazarda 
tutadigan bo’lsa – miqdoriy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan, reklama 
kommunikativligini oshirish uchun markaning 80% maqsadli doirada taniqliligini 
ta’minlash yoki 55% iste’molchilarda markaga munosabatni o’zgartirish maqsadi 
qo’yiladi. Iqtisodiy samaradorlik kattaroq bo’lishi uchun reklama qilinayotgan 138ovar 
sotuvini 30%, tovarning hayotiylik davri 1,5 yilga teng bo’lgan muddatda sotuv 
suratining 15% o’sishi maqsad qilib qo’yiladi. 
Reklamaning iqtisodiy maqsadi quyidagi yechimlarni ko’zda tutadi: 
➢ tovar sotuvini qo’llab-quvvatlash va kengaytirish yoki savdo aylanmasini 
oshirish;
➢ ushbu tovar yoki xizmat turiga ehtiyoj shakllantirish; 
➢ aynan ushbu tovarni aynan ushbu firmadan xarid qilishga undash;
➢ muayyan markali tovarga talabni rag’batlantirish va sotuvni rag’batlantirish;
imtiyozli bitimlar, sotib yuborish, narxlarni arzonlashtirish haqida e’lonlar 
berish;
➢ yangi tovar yoki xizmatni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish;
➢ potensial xaridorlarni tovar va ko’rgazmalarga tashrif buyurishga undash;
➢ tovarni yangi o’rovda taqdim etish. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin