Shaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari. Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy
qismlari bo’lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil
qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr - go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi ota--onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug’ilsa, u taqdirda
v oyaga etgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf
vujudga kelishi, ehtimol.
Go`daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni qondirishga nisbatan yo`naltirilgan xatti-harakatlarning tug`ma,instiniktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Go`daklik davridagi bolaning hayoti to`liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog`liq
bo`lib,bola kayfiyatining yaxshi bo`lishiga to`g`ridanto`g`ri ta`sir ko`rsatadi.
Go'daklik davrida:
2-3 oylikdan boshlab
go`dak onasini taniy
boshlaydi,onasining
tabassumiga tabassum
va turli harakatlar
bilan javob qaytaradi.
8 oyligidan boshlab
esa,bola o`zgacha
muhit va begonalar
qo`liga tushsa,o`z
xavotirini yig`isi
orqali namoyon
etadi.
I kkinchi davrda, ya’ni ilk bolalik davri. Go`daklik davridan so`ng
rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik davri hisoblanadi.Ilk bolalik davri 1 yoshdan 3 yoshgacha
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Jonzodda yarim mustaqqillik va
shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qaramaqarshisi bo’lmish uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin hozirlaydi.
Ilk bolalik davrida:
Nutqi rivojlanadi, to`g`ri va tikka yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma`lumotlarni egallashga zamin bo`ladi.
Bu davrda yetakchi faoliyat turi-redmetlarni o`rganish hisoblanadi. <> so`rog`iga ko`p murojat qilishadi.
U chinchi davr - o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir
ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda
xohish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya’ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
O'yin yoshi davrida:
Rollik o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rollik o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir
Bolalarning o’yin faoliyati D.B.Elkonun, A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o’rganishgan. O’yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi.
T o’rtinchi davr - maktab yoshideb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar
ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik
va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari etarli darajada bo’lmaganligi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni echishda aql-zakovatning etishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.