Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/6
tarix06.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#72594
1   2   3   4   5   6
Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi

Refleksiya – bola o’z xatti-harakatlari, xulq-atvorini boshqalar bilan taqqoslash va o’zini xolis baholay olish xususiyatlari.
Ko’rgazmali – obrazli tafakkur - narsa va predmetlarning bevosita idrok etiladigan obrazlariga asoslangan tafakkur turi.
O’quv situatsiyasi – konspekt amaliy masalalarni yechish yoki tushunchalarni o’zlashtirishning umumiy usullarini o’zlashtirish.

B eshinchi davr - o’spirinlik - o’zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolni kechiktirish”ning o’zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vaholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini sharhlaydi.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davr o‘spirinlik davridir. O‘spirinlar 8-10 sinf o‘quvchilari bo‘lib,ular oldida kelgusida kim bo‘lish, qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanish kerak degan tashvish turadi.
Bu davrda nazorat bilimlar, amaliy ishlar bilan qo‘shib o‘rganiladi. O‘quvchilardan materialni tushunish va uni hayotga tadbiq eta bilish talab etiladi. Bola bu yoshda o‘zini ancha eslik xis qiladi, tajriba ortadi va bilimlarini mustaqil hayotga tadbiq eta boshlaydi. Bu esa ularning darsga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartiradi. Bu davrga kelib o‘zlariga ma’qul bo‘lgan biror fanni tanlaydilar. Bunday xususiyatlarni o‘smirlarda ham uchratish mumkin, lekin bunda aloxida fanlarga bo‘lgan qiziqish ko‘proq o‘qituvchining maslahati bilan bog‘liq bo‘lsa, yuqori sinf o‘quvchilaridagi qiziqish ularning extiyojlari, intilishlari asosida tarkib topadi. Ba’zan ular shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yadilar va natijada xodisalar xaqida noto‘g‘ri fikr yuritib, noto‘g‘ri xulosalar chiqaradilar.
O‘spirinlik davrida o‘quv faoliyatining murakkablashishi, ularning yangi jamoada tutgan o‘rni ulardan ko‘p narsa talab qiladi. O‘spirinlarning maktab hayotida, oilada tutgan mavqei o‘zgaradi, ya’ni o‘zidan kichiklarga nisbatan boshliq, tashkilotchi va tarbiyachi bo‘lish talab qilinadi.
18 yoshda kattalikka erishadi. Organizmning o‘sishi to‘xtaydi, «tinch» davr boshlanadi. Organlarning tarkib topishi va organizm to‘qimalarining takomillashishi nihoyasiga etadi. Jismoniy rivojlanish shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini va bundan keyingi hayotiy faoliyatini belgilashga ta’sir ko‘rsatadi.
Yigit va qizlarning 17-20 yoshlarida organizm normal rivojlanishiga va unga mos keladigan ish bilan band qilish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin