Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə6/6
tarix06.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#72594
1   2   3   4   5   6
Erik eriksonning rivojlanish psixologiyasi

Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay
olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi
( qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu
yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish histuyg’ularini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi,
binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi. Qarilik davri yosh psixologiyasida boshqa davrlardan keskin farq qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib, inson mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydi. Qarilik davrida oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashash maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofdagilarga yangicha mezon bilan qaray boshlaydi. Bu yoshda keksalar ijtimoiy hodisalar, kundalik turmush muammolarini tajribaviy vazminlik, sabr-toqatlilik, uzoqni ko‘ra olishlik va yana boshqa pozitsiyalaridan turib ijobiy hal qiladilar. Keksalar har bir voqea-hodisa va narsalarning yaxshi oqibatidan oldin, avvalo, uning yomon oqibatlari haqida o‘z mulohazalarini shakllantirish qobiliyatiga ega. Hayotda qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar ularning “Yetti o‘lchab, bir kes” xalqona tamoyiliga asosan hayot faoliyatini olib borishlarini taqozo etadi. Inson keksaygan sari umrining biror daqiqasi behuda o‘tishiga achinadi, yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat va donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladi.
Shu bilan birga keksalik davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur...), axloq (hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik...) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka...) kabi ruhiy holatlarda o‘z aksini topadi. Bu davrda sezgi organlarining zaiflashuvi, asab sistemasining kuchsizlanishi, xotira, tafakkur, diqqatni to‘plashning qiyinlashuvi, unutish jarayonining kuchayishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, keksalarda ma’naviy-ruhiy jihatdan o‘zligini anglashning yanada takomillashuvi, o‘z-o‘zini baholash, nazorat qilish, o‘z-o‘ziga buyruq berish kabi mezonlar, mas’uliyat hissining ortishi, kelajakka intilish, ishchanlik qobiliyatining saqlanishiga olib keladi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin