2 Konstruksiya haqida malumot. Balkani yig’ish va payvandlash texnologiyasi Ko‘prikli fermalar tayyorlash texnologiyasi. Ko‘prikli fermalar o‘zgaruvchan yuklanishlar ta’sirida va past haroratli iqlim sharoitlarida ishlaydi. Bu esa uning payvand birikmalarida kuchlanishlar to‘planishiga sezgirlikni oshiradi. Shuning uchun ko‘prik konstruksiyalarini loyixalash va tayyorlashda payvand birikmalar va tugunlarda kuchlanishlar to‘planishini kamaytirishga va oldini olishga alohida e’tibor beriladi. Yuqori va pastki qismida harakatlanishga mo‘ljallangan yaxlit stenkali ko‘prik ferma ko‘ndalang kesimi Harakatlanish yuqori qismida amalga oshiriladigan temiryo‘l ko‘prigi ikki asosiy balkadan tashkil topadi
Balka poyaslariga ko‘prik bruslar o‘rnatiladi, bruslarga esa temir yo‘l relslari qo‘yiladi. Asosiy balka qo‘shtavrli kesimga ega. Bunday ko‘priklar prolyoti 18,2, 23, 27, 33,6 m ga teng bo‘lib, zavodda shu uzunlikka teng bo‘lak ko‘rinishida yaxlit qilib tayyorlanadi va o‘rnatish joyiga tayyor holda yetkaziladi. Harakatlanish ko‘prikni pastki qismida amalga oshiriladigan ko‘rinishlarda asosiy balka orasidagi masofa ularni orasidagi bog‘lab turuvchi bo‘ylama (2) va ko‘ndalang (1) balka yordamida uzaytiriladi. Katta prolyotga ega ko‘prik fermalar tuzilishi ham shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday ko‘priklar sterjenlari ko‘p hollarda payvandlangan to‘rtburchak kesimga ega bo‘ladi va ular tugunlarda yuqori mustahkamlikka ega boltlar yoki parchinmixlar bilan biriktiriladi. Avtomobil ko‘priklarida quyidagi ko‘rinishdagi konstruksiyalar keng tarqalgan bo‘lib, ular qo‘shtavr kesimga ega bo‘ylama asosiy balka (1), temir-beton plita (2), yordamchi balkalar (3) va ko‘ndalang bog‘lovchilardan tashkil topadi . Harakat pastki qismida amalga oshiriladigan.