Elektr energiyasi ma’lum masofaga uzatilganda
liniya simlarida sodir bo‘ladigan quvvat isrofi
mumkin qadar kam bo‘lishi lozim. Shundagina
elektr uzatish liniyasining foydali ish koeffitsiyenti
katta bo‘ladi, ya’ni iste’molchilarga ko‘proq
energiya yetib boradi. Energiya uzatuvchi liniya
simlarida quvvat isrofi, asosan, ulardan o‘tuvchi
tok kuchining kvadratiga hamda liniya simlarining
aktiv qarshiligiga bog‘liqdir. Tok kuchi qancha
katta bo‘lsa, quvvat isrofi shuncha katta bo‘ladi.
Liniyalarda tok kuchi katta bo‘lsa, bu simlarning
ko‘ndalang kesim yuzalarini katta qilib olishga
to‘g‘ri keladi. Quvvat isrofini kamaytirish uchun
simlarning aktiv qarshiligini kamaytirish lozim.
Ma’lum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini,
asosan,
uning
ko‘ndalang
kesim
yuzini
kattalashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: