Transformator ishlaganda uning chulg‘amlaridan o‘zgaruvchan tok
o‘tadi. Bu tok transformatorning magnit o‘tkazgichida o‘zgaruvchan magnit
oqimi hosil qiladi. Bu oqim transformator chulg‘amlarida
asosiy elektr
yurituvchi kuchlar (EYuK)
ЕI
va
E2
ni hosil qiladi
Agar transformatorning magnit o‘tkazgichi yaxlit temir bo‘lagidan
tayyorlansa, uning magnit o‘tkazgichida katta qiymatli uyurma toklar (fuko
toklari) hosil bo‘lib, ular ferromagnit o‘zakni qizdirib yuboradi. Natijada
transformator haddan tashqari qizib ketib,
ishdan chiqadi, chunki uning
sterjenida izolyatsiyalangan simdan o‘ralgan chulg‘amlar bo‘lib, chulg‘am
izolyatsiyasi yonib ketadi.
Befoyda uyurma toklarni kamaytirish maqsadida transformatorning
magnit sistemasi qalinligi 0,3 ... 0,5 mm li ayrim plastinkalardan yig‘iladi.
Bu plastinkalar bir–biridan yupqa qog‘oz yoki
maxsus lok qatlami bilan
izolyatsiyalanadi. Transformator ishlaganda ayrim plastinkalarda hosil
bo‘ladigan uyurma toklarning qiymati kichik bo‘lganligidan uning magnit
o‘tkazgichi (yo‘l qo‘yiladigan temperaturadan) ortiqcha qizimaydi.
Bir va uch fazali kuch transformatorlari amalda
bir necha xil sharoitlarda, ya’ni turli rejimlarda:
salt (yuklamasiz) ishlashi;
normal sharoitda yuklama bilan ishlashi;
ishlab turgan transformatorning chulg‘amlari
qisqa tutashib qolganda yoki elektr tarmog‘i
qisqa
tutashganda,
laboratoriya
sharoitida
qisqa
tutashish
tajribasi
o‘tkazilayogganda qisqa
tutashish rejimida ishlashi mumkin.
Amalda kuch transformatorlari doimo yuklama
bilan ishlaydi.
Transformatorlarning ishlash rejimlari