2-MAVZU: ELEKTR ZANJIRLARNING ASOSIY ELEMENTLARI
(1-QISM)
Elektr zanjiri
Elektr toki uchun yo‘l (yo‘lak) hosil qiladigan elementlar va qurilmalar yig‘indisiga
elektr
zanjiri deb ataladi.
Elektr zanjirini shartli
belgilar bilan tasvirlash elektr sxemasi deyiladi.
Ushbu rasmda
elektr sxemasining bir ko‘rinishi keltirilgan.
2.8-rasm. Sodda elektr sxemasi ko’rinishi
Elektr zanjir elementlari
Elektr
zanjirlar asosan qarshilik,
induktivlik,
kondensator (
sig‘im),
EYuK va
tok
mabalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning harakteristikalarini ko‘rib chiqamiz:
Qarshilik elementi elektr energiyasining issiqlik energiyasiga o‘tishishini
ifodalaydi va
modda molekulasi harakatlanayotgan zaryadli zaryadchalar qarshiligiga uchraydi.
Bu holatda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi, elementda saqlanib qolmaydi.
Ushbu rasmlarda qarshilik elementining elektr zanjirlarda belgilanishi va chiziqli va nochiziqli
elementlar va Volt Amper xarakteristikalari (VAX) keltirilgan.
2.9-rasm. Qarshilik (a-chiziqli, b-nochiziqli) VAXi
Induktivlik elementi qurilmada magnit maydon borligini ifodalaydi va o‘zgarmas tok
bo‘yicha qarshilik ko‘rsatadi. Induktiv elementida magnit maydon energiyasi saqlanib qoladi.
Ushbu rasmlarda chiziqli va nochiziqli elementlar va Veber Amper xarakteristikasi (VebAX)
keltirilgan.
2.10-rasm. Induktivlik (a-chiziqli, b-nochiziqli) VAXi