2.14-rasm. Elektr
zanjiri misoltariqasida
Elektr zanjir elementlarining Volt-Amper xarakteristikalari.
Qarshilik orqali oqayotgan tokning shu qarshilik kuchlanishiga bog‘liqlik grafigi Volt -
Amper xarakteristikalari (VAX) deyiladi. Odatda grafikda absissa o‘qiga kuchlanish, ordinata
o‘qiga esa tok miqdori qo‘yiladi (2.15-rasm).
2.15-rasm. VAX ga misol
Chiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik chiziqli
qarshilik deb ataladi
(a-rasm), faqat chiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar chiziqli elektr zanjirlar
deyiladi.
Nochiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik nochiziqli qarshilik deb ataladi
(b-rasm), faqat nochiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar nochiziqli elektr zanjirlar
deyiladi.
Tok va kuchlanishga nisbatan prametrlari o‘zgaradigan elementlar nochiziqli elementlar
deyiladi.
Quyidagi
rasmlarda chiziqli qarshilik, chiziqli kondensator va chiziqli induktivlik
xarakteristikalari keltirilgan (2.16-rasm).
2.16-rasm. VAXga misollar
Elektr zanjirlarning topologik xarakteristikalari
Elektr zanjirlari
umumiy holda shoxobchalar, tugunlar va konturlardan iborat bo‘ladi.
Elektr zanjiri sxemasining shoxobchasi deb zanjirning shunday qismiga aytiladiki, uning
ixtiyoriy bo‘lagida tokning miqdori doimo bir xil bo‘ladi.
Shoxobcha tarkibida ixtiyoriy miqdordagi ketma-ket ulangan qarshilik, kondensator,
induktivlik
elementlari, EYuK manbalari bo‘lishi mumkin. Bunga quyidagi rasmda keltirilgan
elektr zanjirini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
2.17-rasm. Shoxobchalarga misol
Unda sxemaning d nuqtasidan c nuqtasiga L1, r1 , e va r2 elementlari bo‘ylab yursak, shu
elementlarning har biridan bir xil TOK oqishini ko‘ramiz.
Demak, sxemaning d - L1 - r1 - e - r2 - c bo‘lagi shoxobcha hisoblanadi. Shu dc oraliqni
c – C – r3 – d bo‘ylab yursak, yani bir shoxobchani ko‘ramiz.
Ushbu sxemada yana c – r4 – f, f -r6 - h, q - L2 - r7 – h va d - r5 – h shoxobchalar ham
mavjud. Demak, har bir shoxobchadagi elementlar o‘zaro ketma-ket ulangan ekan.
Elektr zanjirining tugunlari deb shoxobchalarning kamida
uchtasi ulangan nuqtalariga
aytiladi. Tugun elektr sxemasida nuqta bilan belgilanadi. Misol sifatida yuqoridagi rasmda
ko‘rishimiz mumkin. Undagi c, d, f, va h nuqtalar tugun deyiladi.
2.18-rasm. Tugunlarga misol
Elektr
zanjirining konturi deb, birnecha ketma-ket shoxobchalar orqali o‘tgan ixtiyoriy
berk yo‘lga aytiladi. Bunga misol qilib yuqoridagi rasmdagi abdca,
cdhfs va fqhf konturlarni
olishimiz mumkin.