Po'lat tarkibidagi nikel miqdorini fotometrik aniqlash Ni belgisi bo’lgan nikelning atom raqami 28 , atom massasi 58.69, atom radiusi 135 pm. U 1455 C darajada eriydi. U juda qatiq metalldir. Nikel davriy jadvaldagi oraqil metallari qatoriga kiradi. U yaltiroq, oltinga o’xshash, kumush-oq rangga ega bo’lgan qattiq metalldir. U mis, xrom, alyuminiy, qo’rg’oshin, kobalt, oltin va kumush kabi metallar bilan hosil bo’lgan ko’plab qotishmalarda qo’llaniladi. Uning kristalli tuzilishi yuzga yo’naltirilgan kubikdir. Magnit maydonda minus yo’nalishda ba’zi o’lchamlarni o’zgartiradi.
Keys savoli: Natriy miqdorini alangali fotometriya yordamida aniqlang.
Kerakli asboblarni yozing.
Keys javobi: Ishning mohiyati. Alangaga natriy ionining konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan bir tekis oshib boruvchi bir necha standart eritmalari ketma-ket purkalib, galvanometr ko‘rsatgichi bo‘yicha natriy atomlarining nurlanish intensivligi o‘lchanadi. Olingan natijalar bo‘yicha millimetr qog‘ozga darajalangan grafik chiziladi. Bunda absissa o‘ qiga natriy ionlari konsentratsiyasi, ordinata o‘qiga esa X=589 nm dagi numing intensivligi qiymatlari qo‘yiladi. So‘ngra alangaga analiz qilinadigan eritma purkaladi va huddi yuqoridagidek sharoitda va to‘lqin uzunligida (A=589 nm) nurning intensivligi o‘lchanadi. Olingan natijalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darajalangan grafikga qo‘yib natriyning purkalgan eritmadagi konsentratsiyasi topiladi.
Kerakli asboblar idishlar va reagentlar:
PAJ - 1; 2)kompressor; 3) hajhmi 100 ml li, 7 ta o‘lchov kolbasi;4) hajmi 5 ml li 1 ta o‘lchov pipetkasi; 5) 7 ta plastmassadan tayyorlangan stakanchalar; 6) yuvgich.