Eritmalar nazariyasi bilan tanishtirib, gazlarning suyuqlikda erishi qanday omillarga bog’liqligini ko’rsatish va shu bog’liqliklarni ifodalash uchun qanday qonunlarga asoslanish kerakligini tushinib yetish. Eritmalar ahamiyatini biologik eritmalar misolida ko’rib chiqish.
Shu ikki holat (ya'ni Pasm temperatura va konsetratsiyaga bog'liqligiga) asoslangan holda Vant-Goff 1887-yilda o'z qonunini kashf etdi: Eritmaning osmotik bosimi eritmada erigan moddaning gaz holatida bo'lgan va eritma hajmiga teng bo'lgan hajmni egallagan holatda ko'rsatadigan bosim qiymatiga teng bo'ladi.
Demak, ideal eritmaning osmotik bosimini Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi bo'yicha hisoblab topish mumkin: PV = nRT Posm ∙ V = nRT bu yerda: V- eritma egallagan hajm; R – gaz doimiysi 8,311 l∙ kPa ⁄ mol∙ K; T – absalut temperatura (273 K); n – erigan moddaning mollar soni.