Eritmаlаr turlari. Eritmаlаrning foiz kоnsеntrаtsiyasi


Na+ ioni atrofidagi gidrat kobiklari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/12
tarix19.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#117794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
8-maruza

Na+ ioni atrofidagi gidrat kobiklari.
Suyuq eritmalar va molekulalar qutbliligining roli.
Suyuk eritmalar keng tarkalgan va muxim ahamiyatga ega .Suv keng tarkalgan erituvchidir ammo shuningdek juda qutblidan qutbsizgacha bulgan boshqa kupgina erituvchilar ham mavjud.
―O`xshash moddalar o`xshashlarida eriydi‖ qoidasining qullanilishi.Bu koidaning mazmuni shundan iboratki agar eritilgan modda va erituvchining molekulalararo o`zaro ta‘sir kuchlari bir xil tabiatga ega bulsa u xolda ularni aralashtirilganda eritma hosil bo`ladi.
Masalan
Tuz suvda eriydi chunki tuzning eritmadagi ionlari bilan suvning dipol xarakterdagi molekulalari orasidagi ion–dipol o`zaro ta‘sir kuchlari va suv molekulalaridagi vodorod boglari kuchlariga ekvivalent miqdor almashinadi.
Tuzlar geksanda (C6H14 ) erimaydi chunki ion – induksiyalangan dipol tipidagi ionlar va geksan molekulalari orasidagi kuchsiz o`zaro ta‘sir kuchlari tuzning uzidagi kuchli
ionlararo o`zaro ta‘sir kuchlari va geksanning uzidagi dispersion o`zaro ta‘sirning urnini bosa olmaydi.
Yog` suvda rimaydi chunki eritmadagi kuchsiz dipol–induksiyalangan dipol tipidagi kuchsiz molekulalararo o`zaro ta‘sir kuchlari suv molekulalari orasida hosil buladigan kuchli vodorod boglanish va geksanda hosil buladigan dispersion uchlar o`rnini bosa olmaydi.
Yog` geksanda eriydi chunki eritmadagi dispersion kuchlar yogdagi va geksandagi dispersion kuchlarga o`xshash buladi.
Qo‟shaloqqutblilik va uning eruvchanlikka ta‟siri.
Spirtlarning suvdagi va geksandagi eruvchanligini solishtirish zarur ya‘ni erituvchilarda keskin farq qiladigan o`zaro ta‘sir kuchlarini. Spirtlar – bu organik moddalar uz tarkibida qutbsiz uglevodorod radikali R – ga bog`langan qutbli gidroksil gurux (-OH) tutgan (spirtlar formulasi R – OH).

  • - OH guruh kuchli vodorod boglanish orqali suv molekulalari va kuchsiz dipol – induksiyalangan dipol tipidagi kuchsiz kuchlar orkali suv molekulalari bilan boglanadi.Spirtlarning umumiy formulasini OH; quyida n=0 dan 5 gacha bulgan spirtlar ko`rib o`tilgan.

  1. n=0–2 gacha bulgan spirtlar uchun ularning suvda eruvchanligi yuqori bunda – OH guruh bunday spirtlarda nisbatan katta hajmni egallaydi. Bunday spirtlarning molekulalari bir–biri bilan vodorod boglar orkali ta‘sirlashadi. Jarayon suv molekulalari bilan ham boradi.Erigan moddadagi va erituvchi orasidagi vodorod boglari erigan modda va erituvchi orasidagi vodorod boglariga almashinadi.

Buning natijasida bunday spirtlar suvda chegaralanmagan darajada eriydi.

  1. n>2 bo`lgan spirtlar uchun suvda kam eruvchanlik xarakterli spirtdagi uglerod atomlari soni n>6 bulganlari suvda umuman erimaydi.Bunday spirtlarda qutbsiz zanjirlar (R ) suv molekulalari orasida harakatlanishi kerak molekulalar orasidagi kuchsiz o`zaro ta‘sirlarni spirtlar molekulasi va suv orasidagi kuchli vodorod boglanishga almashinishi kerak buladi. Biroq –OH gurux bunday spirtlar molekulasida kichkina qismni egallaydi shuning uchun spirtning – ON guruhi - suv molekulasi toza suvdagi barcha vodorod boglarini uza olmaydi va tegishlicha spirtdagi uglevodorod radikali ortib borishi hisobiga erigan moddaning suvda eruvchanligi keskin kamaya boradi.





Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin