Gidratatsiya issiqligi: ionli birikmalarning suvda erishi. Individual ∆H1, ∆H2 va ∆H3 kattaliklarni o’lchash qiyin. Bu kattaliklarning birgalikdagi yig’indisi ∆H erish jarayonini beradi, uni solvatatsiya deyiladi, ya‘ni bu erigan modda zarrachalarini erituvchi zarrachalari tomonidan o’rab olish jarayonidir. Erituvchi sifatida suvdan foydalanilgandagi solvatatsiyani gidratatsiya deyiladi.
Ionli birikmalarni eritishda gidratatsiya issiqligi asosiy kattalik hisoblanadi. Vodorod bog’lari parchalanishi asosan kuchli ion-dipolli kuchli o’zaro ta‘sir kuchlari hosil bo’lishi hisobiga kompensatsiyalanadi, ya‘ni ionlar gidratatsiyasi doimo ekzotermik jarayon hisoblanadi. Ionning ∆H gidratatsiyasi gazgimon ionlar 1 molining ∆H gidratatsiyasi sifatida aniqlanadi:
M+(g)[yoki X-(g)](N2O)→M+(suvli)yoki[X-(suvli)] ∆Hionlargidr.(doimo˂0)
Zaryad zichligining ahamiyati.Gidratatsiya issiqligi undagi zaryad zichligiga bog’liq, ya‘ni uning zaryadining hajmiga nisbatiga bog’liq. Umumiy holda zaryad zichligi qanchalik katta bo’lsa ∆H gidratatsiya qiymati shunchalik manfiy bo’ladi. Ion zaryadi qanchalik katta bo’lsa va uning radiusi qanchalik kichik bo’lsa, u shunchalik suvning dipol molekulasiga yaqin keladi (rasm 2.11) va unga shunchalik kuchli tortiladi. Shunday qilib:
A2+ ion o’lchami bir xil bo’lganda, A+ ionga qaraganda suv molekulalari bilan etarli darajada ko’p o’zaro ta‘sirlashadi.
O’lchami kichik bo’lgan A+ ion, o’lchami katta bo’lgan A+ ionga qaraganda suv molekulalarini ko’proq yaqinlashtiradi.
Shuningdek, ta‘kidlash mumkin:
Guruhda yuqoridan pastga qarab element zaryadi bir xil bo’ladi, ammo uning o’lchami ortadi, ya‘ni zaryad zichligi kamayadi, ya‘ni ∆Ngidr qiymati kamayishiga olib keladi.
Davr bo’ylab, masalan 1A(1) guruhdan 2A(2) guruhga o’tganda A2+ ion kichik radius va katta zaryadga ega, ya‘ni zaryad zichligi va tegishlicha ∆Hgidr ortadi.