O`xshashmoddalaro`xshashlaridaeriydi:metanolningsuvdaeruvchanligi. Suvdagi va metanoldagi vodorod boglari o`xshash va bu moddalarni aralashtirganda ular tegishlicha bir – birini urnini bosa oladi ya‘ni eritma hosil buladi
Spirtlarning kichkina molekulalari (CH3OH)ning geksandagi eruvchanligi kam. Ulardagi dispersion kuchlardan tashqari CH3OH dagi –OH guruh va geksan orasida dipol-induksiyalangan dipol kuchsiz molekulalararo o’zaro ta‘sir kuchlari ham
mavjud, CH3OH molekulalari orasidagi kuchli vodorod bog’lanishning o’rnini bosa olmaydi va tegishlicha uning geksandagi kuchsiz eruvchanligi kuzatiladi.
Uzun zanjirli spirtlarning geksandagi eruvchanligi yuqori. Spirtda CH3(CH2)nOH n˃0 bo’lganda, spirtlarning uglevodorod radikallari va geksan orasidagi dispersion kuchlar, geksan molekulalari orasidagi dispersion kuchlarning o’rnini oladi, ya‘ni radikalida 2ta uglerod atomi tutgan etanol uchun halqa hosil bo’ladi. Radikalning uzayishi bilan uning va geksan orasidagi dispersion kuchlar ham sezilarli ortadi.
Ko’pgina organik molekulalar o’zida qutbli va qutbsiz qismlar tutadi va ularning eruvchanligini belgilaydi. Masalan, karbon kislotalari va aminlar o’zini spirtlar kabi tutadi: metan kislota (HCOOH, chumoli kislota) va metilamin (CH3NH2) suv bilan yaxshi aralashadi, geksanda esa kam eriydi, ammo geksan kislota (CH3(CH2)4COOH) va geksanamin (CH3(CH2)5NH2) suvda deyarli erimaydi, geksanda esa juda yaxshi eriydi.