Eritmalardagi molekulalararo kuchlar. Toza moddalardagi barcha molekulalararo o`zaro ta‘sir kuchlari ham shuningdek eritmalarda amalga oshiriladi (8.2 – rasm)
Ion – dipoli o`zaro ta‘sir kuchlari ionli birikmalarni suvda eritish bilan hosil buladi.Bunda bir vaqtning uzida quyidagi hodisalar sodir buladi:
Tuz suvda eriganda u ionlarga dissotsilanadi va ionlar qarama qarshi zaryadlangan suv dipollariga tortiladi. Bu o`zaro ta‘sir kuchlariga nisbatan kattadir shuning uchun kristall parchalanadi.(ya‘ni eriydi)
Gidrat qobiqlarining hosil bulishi:metall ionlari eritmada bulganda u suv molekulalari bilan uraladi va vodorod boglar hosil bulishi hisobiga solvat qobiklari hosil buladi:bunda ion ulchamiga boglik ravishda gidrat kobigiga suv molekulalari
soni turlicha masalan; Li+ ionlariga o`xshashlari uchun – suv molekulalari soni 4 ta Na+ va F- ga o`xshash ionlar turida 6 tadan suv molekulari buladi.(13.2 – rasmga qarang).
Vodorod bog`lari suv molekulalari (uning kislorod atomi) va o`z tarkibida N va O ya‘ni -OH, -COOH, -NH2 va boshqalar kabi ion–induksion dipol tipdagi funksional guruxlar tutgan organik va biologik moddalar (spirtlar karbon kislotalar aminlar) orasida hosil buladi.
Dipol – dipoli o`zaro ta‘sir kuchlari dixlormetan (CH2 Cl2 ) tipidagi polyar erituvchilarda eritilgan propanol (CH3 CH2 CH2 OH) tipidagi polyar molekulalar orasida sodir buladi.
Ion – induksuyalangan dipol tipidagi o`zaro ta‘sir kuchlari zaryadlangan ion yonida turgan qutbsiz molekulaning elektron pogonachasini siljitish hisobiga sodir buladi va qizil qon to`qimalarini hosil qiladi.
Dipol induksiyalangan dipol o`zaro ta‘siri qutbli molekula qutbsiz molekulaning elektron bulutini siljitish hisobiga sodir buladi.bu kuchlar ion – induksuyalangan ta‘sir kuchlariga nisbatan kuchsiz.Atmosferadagi O2 , N2 va nodir gazlarning suvda eruvchanligi chegaralangan xususan bu kuchlarning paydo blishi bilan bog`liq.
Dispersion kuchlar o`zaro ta‘siri uz ulushini barcha eritmalar hosil bulishiga sarflaydi ammo ular neft va gazolin tipidagi qutbsiz moddalar eritmalaridagi molekulalararo o`zaro ta‘sir kuchlari hisoblanadi.