Erix Mariya Remark


https://telegram.me/e_kutubxona



Yüklə 48,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,46 Kb.
#210197
1   2   3   4   5   6
@Elektron Kutubxona-Remark.Dushman (2)

 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

poylagan bo‘lardi, indamasak, balkim, bir iloji topilib qolar, ehtimol, o‘zi ketar. 
Qolaversa, Byuler qulog‘imga shipshib, narigi brustverga borib, miltiq bilan 
«Tegmadi!» (merganlik mashqida o‘q nishonga tegmagan paytlarda miltiq bilan 
havoda chizik tortib signal beriladi) ishorasini qilganini va ular javob 
berishganini, xullas, chiqish mumkin emasligini tushunishganini aytdi. 
Baxtga qarshi, kun sovuq edi, maydalab yomg‘ir yog‘ardi. Qosh qoraya 
boshlandi. Tayinlangan uchrashuv vaqtidan soatcha o‘tdi. Xavotirimiz sal bosildi 
va biz erkin nafas oldik. Bir mahal nigohim muallaq qotdi: tilim shishib, og‘zimni 
to‘ldirgandek edi. Qichqirmoqchi nardimu og‘iz ocholmasdim. Umidsizlikdan 
qo‘l-oyog‘im shol bo‘lgandek betaraf hudud osha qararkanman, ohista ko‘tarilgan 
qo‘lni va kimningdir sharpasini ilg‘adim. Byuler brustver yonidan zir yugurar va 
ogohlantiruvchi belgi bermoqchi bo‘lib payt poylardi. Biroq g‘isht qolipdan 
ko‘chgandi – mayor o‘q uzishga ulgurdi. Kimdir ingichka ovozda qichqirdi, 
sharpa g‘oyib bo‘ldi. Bir zum dahshatli sukunat cho‘kdi. Yana bir-ikki soniyadan 
keyin yuzlab tovushdan iborat hayqiriqni eshitdik. Qaqshatqich jang boshlandi. 
«Otinglar! Ular hujumga o‘tishyapti!» baqirdi mayor. 
Shunda biz ham o‘t ochdik. Telbalardek, miltiqlarimizni peshma-pesh o‘qlab 
otardik, bu mudhish onlar tezroq o‘tib ketsa bas, deb o‘ylardik. Butun front 
jonlandi, artilleriya yeng shimardi, kechasi bilan otishdik. Ertalab o‘n ikkita 
jasadni sanadik, ular orasida mayor va Byuler ham bor edi.
Harbiy harakatlar, turgan gapki, qaytadan boshlandi. Dushman tomon bilan 
sigaret almashishni bas qildik, qurbonlar soni soat sayin ortardi... 
O‘shandan keyin ham ko‘p balolarni ko‘rdim. Ko‘p odamlar ko‘z o‘ngimda halok 
bo‘ldi, mening o‘zim o‘ldirganlar ham oz emasdi. Toshbag‘ir, hissiz bo‘lib 
qoldim. Yillar o‘tdi. Ammo o‘tgan shu uzoq vaqt mobaynida men qo‘limdan 
kelgancha yomg‘ir shivalab turgan paytdagi o‘sha ingichka tovushli qichqiriqni 
eslamaslikka urinib yashadim». 

Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin