Erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlarining qanday o’ziga xos xususiyatlarini bilasiz?



Yüklə 25,22 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü25,22 Kb.
#181056
1   2
Investitsiya investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — , banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari,, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.
bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi


3 . Soliq siyosati haqida soʼz yuritar ekanmiz, biz uning nihoyatda koʼp qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida taʼkidlashimiz kerak. Soliq siyosatining asosiy yoʼnalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari oʼrtasida qayta taqsimlash va bosh yoʼnalishga ega boʼlgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir. Soliq siyosati haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida toʼxtalib oʼtishimiz lozim boʼladi. Hozirgi kunda soliq siyosati turlarini quyidagicha guruhlash mumkin: - iqtisodiy oʼsish siyosati; - muvozanatlashtirish siyosati; - chegaralash siyosati. Soliq siyosatining yuqorida keltirib oʼtilgan turlari milliy daromad hajmini va aholi bandligi darajasini oshirishga, davlat xarajatlari tizimini nazorat qilish, soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartibga solish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini taʼminlashga xizmat qiladi. Soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini optimal shakllantirish va davlat xarajatlarini oqilona sarflash uchun soliq olishni takomillashtirish sohasidagi siyosati tushuniladi. Ayni paytda, soliq siyosati ishlab chiqarishni oʼstirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini koʼpaytirishga qaratilgan boʼlishi lozim. Soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning daromadlar bazasini taʼminlash va kelib tushgan pul mablagʼlarini xarajat qilish, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal bandligini taʼminlashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasining pasayib ketishiga yoʼl qoʼymaslik, ishlab chiqarishni ragʼbatlantirishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish boʼlib hisoblanadi Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qoʼllash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.





Yüklə 25,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin