48
bir qator tegishli farmonlar qabul qilingan.
EIHlarni tashkil etish uchun zaruriy hujjatlar turli davlatlarda turlicha bo„lishi
mumkin. Shuningdek, ularda umumiy o„xshashlik jihatlari ham kuzatilishini ta‟kidlab
o„tmoq lozim.
Belorus Respublikasining 1998-yil 7-dekabrda “Erkin iqtisodiy zonalar
to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonuniga muvofiq, EIHlarni tashkil etish uchun quyidagi
hujjatlar taqdim etilishi shart:
- nomi, tashkil etilishi muddati, maqsadi, turi, o„ziga xos xususiyatlari, tashkil
etilish va rivojlantirish choralari ko„rsatilgan EIHni tashkil etish to„g„risidagi Belorus
Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi;
- EIH to„g„risidagi Nizom loyihasi;
- EIH boshqaruvi Ustavi loyihasi;
- EIHni rivojlantirishga mas‟ul shaxslar va tashkilotlar, uni moliyalashtirish
manbalari ko„rsatilgan holdagi dastur loyihasi;
- EIH joylashishi nazarda tutilgan yerning chegaralari ko„rsatilgan yer-kadastr
rejasi nuxsasi;
- EIH joylashishi nazarda tutilgan hududda yer tarkibi, mulkdorlar, ta‟sischilar
hamda ijarachilar va foydalanuvchilar ro„yxati;
- EIH joylashishi nazarda tutilgan hududda joylashgan faoliyat ko„rsatayotgan
yuridik shaxslar va yakki tartibdagi tadbirkorlar ro„yxati;
- EIH turi va tegishli hududdagi maxsus ekologik va iqtitsodiy shart-sharoitlari,
uning moddiy va mehnat resurslari, kommkunikatsiyalar bilan ta‟minlangganligi,
shuningdek, EIHning maxsus huquqiy rejimining nazarda tutilgan xususiyatlari
moliyaviy-iqtisodiy
asoslangan
holda
tashkil
etilishining
zarurligi
va
imkoniyatlarining texnik-iqtisodiy asosnomasi.
Mazkur hujjatlar to„plangandan so„ng Belorus Respublikasi Vazirlar Kengashi
tomonidan qonunchilikda o„rnatilgan tartibga muvofiq Belorus Respublikasi
Prezidenti huzuriga ko„rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi
27
.
Belorus Respublikasi Prezidenti barcha huquqiy asoslar va zaruriy hujjatlar
to„liq mavjud bo„lgan holatda EIHni tashkil etish bo„yicha farmonni imzolaydi.
Shunga o„xshash EIHlarni tashkil etish tartibi va huquqiy asoslari boshqa
mamlakatlar amaliyotida ham kuzatiladi va amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: