Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Taqrizchilar: 
B.A.Islamov, 
G.V.Plexanov nomidagi
 
Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent 
shahridagi filialining “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d.;
N.S.Ismailova,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi 
mudiri, i.f.n., dots.; 

 
B.S.Mamatov, 
Toshkent moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri, i.f.n., dots. 
ISBN
00000000
UO`K000000 
KBK000000 
 
© «IQTISODIYOT», 2019. 
©
 
Xujamkulov D.Y.
, 2019.



“Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar 
bo„yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish 
mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini 
joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga 
solish lozim”.
 
 
Sh.M.Mirziyoyev 
KIRISH 
Jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan 
mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to„g„ridan-
to„g„ri investitsiyalarni jalb etish bo„yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin 
iqtisodiy hududlar yetakchi o„ringa ega. 
Shu boisdan dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, Xitoy, AQSh, Fransiya, 
Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlar misolida hududning 
geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi 
kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish zaruriyat va an‟anaga aylangan. Birgina 
o„tgan asr 90 yillarining o„rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy 
hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo„ljallangan 300 dan ortiq ishlab 
chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy-texnikaviy hududlar faoliyat ko„rsatgan. 
Chunki, bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya 
hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab 
chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy 
bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir. 
Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to„xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish 
oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko„p tarmoqli va kapital 
talab qiluvchiga o„tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 30 ga yaqin erkin 
iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo„lib, ulardan ko„p ulushga ega bo„lganlar bu 
bojxona hududlari, to„lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin 
eksport hududlari, erkin eksportga mo„ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin 
ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o„zaro tadbirkorlik 
hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar 
iqtisodiyotda muhim ahamiyat ega kasb etib kelmoqda. 
O„zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida 
mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini 
rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar 
faoliyati 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 
O„zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Mamlakatimizda erkin 
iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, ularning faoliyatini kengaytirish oldimizda turgan 
eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Zero, erkin iqtisodiy hududlar milliy 
iqtisodiyotni alohda mintaqalar darajasida rivojlantirish bilan birga, ularning jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyasini va xalqaro raqobatbardoshligini ta‟minlashda hamda 
boshqa bir qator dolzarb masalalarning ijobiy hal etilishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 



Buning uchun mamlakatda mazkur sohaga oid zamonaviy bilim, ko„nikma va 
malakaga ega bo„lgan kadrlarni tayyorlash talab etiladiki, mazkur darslik aynan 
ushbu vazifani bajarishga qaratilgan adabiyot sifatida xizmat qiladi. 
Mazkur darslik o„n ikki bobdan iborat bo„lib, u, o„z navbatida, zarur 
ko„rgazmali rasmlar, jadvallar, zaruriy axborotlar va huquqiy-me‟yoriy hujjatlar 
tahlili bilan to„ldirilgan. 
Birinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, rivojlanish tarixi va 
bosqichlari, maqsadlari hamda jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni yoritib berilgan. 
Ikkinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va faoliyat 
ko„rsatishining huquqiy asoslari va ularni shakllantirishning xorijiy va milliy 
tajribalari keng yoritilgan. 
Uchinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning tasnifi, turlari, xususiyatlari 
asoslab berilgan. 
To„rtinchi bobda investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni va erkin 
iqtisodiy hududlarni rivojlantirishdagi ta‟minlashdagi ahamiyati hamda undagi 
imtiyozlar va ta‟sir etuvchi omillar tahlil qilingan va yoritib berilgan. 
Beshinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarda logistika infratuzilmasining 
ahamiyatini, uni shakllantirishning va logistik xizmatlarni samarali yo„lga 
qo„yishning zarurligi va bu boradagi O„zbekistondagi amalga oshirilayotgan 
islohotlar izohlab berilgan. 
Oltinchi bobda erkin iqtisodiy hududda bojxona ishi va uni tashkil etishning 
zarurligi, asoslari, tartibi va jarayonlari masalalar o„rin olgan. 
Yettinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning jahon tajribalari, 
jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribalari misolida batafsil 
yoritilgan. 
Sakkizinchi bobda AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning asosiy 
turlari va ularning tasnifi, xususiyatlari va ularning investitsiyalarni jalb etishdagi 
tutgan o„rni to„g„risidagi ma‟lumotlar berilgan. 
Tuqqizinchi bobda Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil 
etish maqsadlari, ahamiyati va xususiyatlari. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlarning 
tashkil etilishi va rivojlanishi bosqichlari kabi masalalar atroflicha yoritilgan. 
O„ninchi bobda Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishi 
va rivojlanishi tarixi, turlari, maqsadlari va rivojlanish xususiyatlari ko„rsatib 
berilgan.
O„n birinchi bobda offshor hududlarning mazmuni, yuzaga kelib sabablari, 
turlari, ahamiyati, jahon xo„jaligida tutgan o„rni, undagi imtiyozlar va offshor 
kompaniyalar faoliyati haqida ma‟lumotlar berilgan berilgan.
O„n ikkinchi bobda O„zbekiston Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy 
hududlar va ularning rivojlanish xususiyatlari atroflicha yoritilgan.
Ushbu darslikda yoritilgan barcha masalalar erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini 
tashkil etish, boshqarish va unda investitsiyaarni jalb etish hamda tadbirkorlik 
faoliyatini olib borishda muhim asos bo„lib xizmat qilishi mumkin. 




Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin