Эркин иқтисодий ҳудудлар


“Erkin iqtisodiy hudud” tushunchasi mazmuni



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1.2.
“Erkin iqtisodiy hudud” tushunchasi mazmuni 
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab 
erkin iqtisodiy hudud (EIH)
xalqaro 
iqtisodiyotning ajralmas qismi bo„lib kelmoqda. Jahon xo„jaligi aloqalarida erkin 
iqtisodiy 
hudud 
xalqaro 
tovaralmashinuvining 
faollashuvi, 
investitsiyalar 
mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o„sishi hisobiga iqtisodiy o„sish 
ko„rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. 
Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va 
rivojlantirishga bo„lgan e‟tibor, munosabat tobora ortib bormoqda. 
Jumladan, ayni vaqtga kelib O„zbekiston Respublikasida ham mavjud 14 ta 
hududning 12 tasida 21 ta EIHlar tashkil etilishiga asos solingan bo„lib, ularning 
huquqiy asoslari ishlab chiqilgan. 
Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko„rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb 
qilish 
bilan 
birgalikda, 
ishlab 
chiqarishga 
yangi, 
energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg„or xorijiy 
menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga 
ichki bozorni import o„rnini bosuvchi tovarlar bilan to„ldirish, mamlakat eksport 
salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish 
o„rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko„paytirish, oltin-valyuta 
zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, milliy valyuta barqarorligini 
mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy 
iqtisodiyotning 
jahon 
iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuvi 
va 
xalqaro 
raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo„l ochib beriladi hamda unga 
xizmat qiladi. 
Dunyo miqyosida turli davlatlarda tashkil etilgan va etilayotgan EIHlar sonining 
ortib borishi va EIHlarga ega davlatlar sonining ham ortib borishi (bugungi kunga 



kelib, ularning soni 140 dan oshdi) ushbu EIHlarning o„zi nima, uning ahamiyati, 
muhimligi va samaralari, afzalliklari haqida yetarlicha tushuncha, tasavvur va bilimga 
ega bo„lish zaruriyatini kuchaytirib bormoqda. 
Shu sababdan ushbu masalaga jiddiy yondashish uni alohida fan sifatida 
o„rganish darajasiga ham olib chiqdi. Bu esa mazkur “Erkin iqtisodiy hududlar” 
fanini o„zlashtirishda, eng avvalo, EIHlarning mazmun-mohiyatini yaxshi o„rganish, 
bilish va u haqda yetarlicha tushunchaga ega bo„lishni taqozo etadi. 
Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini jahon fanida chuqur va har tomonlama 
o„rganish XX asrning 70 yillarida boshlandi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida
mamuriy hujjatlarda, amaliyotda, erkin iqtisodiy hududlarni bildiruvchi xilma-xil 
atamalar qo„llashadi: “Erkin iqtisodiy hudud”, “Texnologik hudud”, “Erkin bojxona 
hududi”, “Maxsus iqtisodiy hudud”, “Erkin tadbirkorlik hududi”, “Erkin eksport 
hududi”, “Erkin savdo hududi”, “Bojsiz hudud”, “Qo„shma tadbirkorlik hududi”. XX 
asrning 80 yillarida erkin iqtisodiy hududlarning 20 ta
2
, o„tgan asrning 90 yillarida 30 
ta
3
shakli bor deb hisoblaganlar. Ba‟zi hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarni 
tavsiflovchi 40 dan ortiq atamalar borligi ham keltirib o„tilgan. 
Bugungi kunga qadar EIHlar mazmun-mohiyatini yoritish, EIHlarni tashkil etish 
va rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar 
tomonidan turli tadqiqotlar olib borilgan va shuning natijasida ko„plab ilmiy 
maqolalar, monografiyalar, dissertatsiya ishlari, risolalar, o„quv adabiyotlar hamda 
o„quv-uslubiy qo„llanmalar yaratilgan. 
Biroq, olib borilgan o„rganishlar EIHlar tushunchasiga xorijiy va mahalliy 
iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta‟rif va talqinlar mazkur 
atamaning yagona ta‟rifga ega emasligini, uning mazmuniga har bir mutaxassis o„z 
nuqtai nazari, bilim va faoliyat olib borish sohasiga asoslanib ta‟rif berishganligini 
ko„rsatadi. 
Erkin iqtisodiy hududni hududiy xo„jalik jihatidan ham qadimiy, ham 
zamonaviy deb atash mumkin. Ularning ildizi qadim o„tmishga borib taqaladi, va 
mana shu vaqtning o„zida o„z amaliy faoliyatini zamonaviy rivojlanishda boyitadi. 
Amerikalik olimlar M.Fraze va R.Renalar fikricha, “erkin iqtisodiy hudud – bu 
iqtisodiy rivojlanish yo„lidagi insoniyatning eng qadimgi va va shu bilan birga eng 
zamonaviy g„oyalaridan biridir”
4

Rus olimi I.P.Fominskiy rahbarligi ostida chiqqan o„quv qo„llanmada
5
erkin 
iqtisodiy hududlarga ushbu mamlakatda qabul qilingan umumiy xo„jalik faoliyati 
tartibiga nisbatan imtiyozlar beruvchi ma‟lum bir hudud deb ta‟riflanadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini 
aniqlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara, asosan, ikki muammoni 
tahlil qilishga borib taqaladi:
- umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash;
2
Смородинская Н. Свободно-экономические зоны (Мировые опыты). Вест. ДВО РАН, 1993., №4,5. – С. 3-22. 
3
Данкко Т., Окрут З. Свабодний экономические зони в миравом хозястве: Российская экономическая академия 
им. Г. В. Плеханова. – М.: Инфра-М., 1998. – С. 168. 
4
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч. пос. - М.: Юнити, 2005. – С. 5. 
5
Фоминский И.П. Иностранные инвестиции в России: современое состояние и перспективы. – М.: 
Международное отношение,1995. – С. 234. 


10 
- xodisani kengroq, to„laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini topish. 
EIHlarni ta‟riflovchi qarashlarning xilma-xilligi quydagilar bilan bog„liq:
- ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o„zgarib, takomillashib 
boradi; 
- bu rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo„lgan turli tuman 
iqtisodiy muhitda sodir bo„lgan va bo„lmoqda;
- ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o„ziga 
xosligi, jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bog„liqdir; 
- ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvida 
darajaning yetarli emasligidir.
Rossiyalik olimlardan biri D.Adrianov EIHlarga quyidagicha ta‟rif beradi: 
“Erkin iqtisodiy hududlar milliy hududning bir qismi bo„lib, iqtisodiy muammolar 
yechimini topishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Xorijiy hamda milliy 
tadbirkorlikning 
iqtisodiy 
faoliyatida 
muhim 
qulayliklarni 
yaratadi”
6

E.F.Avdokushin esa “Erkin iqtisodiy hudud mamlakat yoki davlatning bir qismi 
bo„lib, aniq bir ijtimoiy-iqtisodiy va texnologiyalarga oid muammolarni yechimini 
hal qilishga yo„naltirilib, iqtisodiy faoliyat yurituvchilar uchun maxsus shart-
sharoitlar yaratib beradigan boshqaruvning maxsus ma‟muriy tizimiga egadir”
7
, deb 
ta‟kidlab o„tgan edi. 
Rossiyalik 
iqtisodchilardan 
A.Kuznetsov
8
hamda 
S.A.Ribakov 
va 
N.A.Orlovalar
9
ning keltirishicha, “Erkin iqtisodiy hudud – xorijiy tovarlar hech 
qanday bojxona to„lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin bo„lgan 
hudud”.
O„zbekistonlik Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G.
10
va rossiyalik 
Danko T.P., Okrut Z.M.
11
, Igoshin N.V.
12
kabi mualliflar bir ovozdan: “Erkin 
iqtisodiy hudud – bu mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlar faoliyat yuritishi uchun 
maxsus imtiyozli iqtisodiyot amal qiladigan chegaralangan hudud”, - degan xulosaga 
kelishgan. 
Yuqorida EIHlar mazmuniga berilgan ta‟riflardan quyidagi jihatlarni keltirib 
o„tish mumkin: 
6
Адрианов В.Д. Специальные экономические зоны. Журнал “ЭКО”, 1997. , №3. – С. 42. 
7
Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. Учебное пособие. – М.:, 2004. – С. 120. 
8
Кузнецов А. Свободные зоны и национальная экономика // Мировая экономика и международные отношения. 
- 1990., №12. – С. 24. 
9
Рыбаков С.А., Орлова Н.А. Особые экономические зоны в России. – М.: Вершина, 2006. – С. 12. 
10
Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O„quv qo„llanma. – T.: Moliya, 2010. – B. 
180. 
11
Данько Т.П., Окрут З.М. Свободные экономические зоны в мировом хозяйстве. – М.: ИНФРА-М, 1998. – С. 
27. 
12
Игошин Н.В. Инвестиции. Организация, управление и финансирование. Учебник для вузов. – М.: Финансы, 
ЮНИТИ, 2000. – С. 45. 


11 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin