Mavzu: hozirgi zamon fani: ilmiy empirik borliq ilmiy tasvirning alohida ichki tarkibi (jabxasi) sifatida. Omillar va talqinlar



Yüklə 19,64 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü19,64 Kb.
#159076
  1   2   3   4
MAVZU

MAVZU: HOZIRGI ZAMON FANI: ILMIY EMPIRIK BORLIQ ILMIY TASVIRNING ALOHIDA ICHKI TARKIBI (JABXASI) SIFATIDA. OMILLAR VA TALQINLAR




REJA:
1. Нozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari
2. Psixologiya fanining asosiy prinsiplari
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari
4. Psixologik tadqiqot o‘tkazishning asosiy bosqichlari
5. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va metodlari
Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari. Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog‘langan, g‘oyat tarmoq-lanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin:
konkret faoliyatning psixologik tomoni;
taraqqiyotning psixologik tomoni;
insonning (taraqqiyot va faoliyat sub‘ekti sifatida) jamiyatga bo‘lgan munosabatning psixologik tomoni.
Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo‘yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishining psixologik asoslarini o‘rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilar-ning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o‘rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.
Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri injenerlik psixologiyasi. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtrish kabi muammolarni o‘rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan sistemalarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o‘rganadi. Ke-yingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.

Yüklə 19,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin