O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI O‘ZBEK FILOLOGIYA FAKULTETI O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI KAFEDRASI 303-GURUH TALABASI JURAYEVA SHAHZODANING
KURS ISHI
MAVZU: Atoiy lirikasida hayot va sevgi mavzuining badiiy talqini BAJARDI: Jurayeva Shahzoda
TEKSHIRDI:
Toshkent 2022
MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………..….3 1.1. Atoiy shaxsiga bir nazar…………………………………………………...4
2.2. Atoiy lirikasining mavzu ko‘lami……………………………………….…7
3.3. Shoir lirikasida hayot va sevgi mavzuining badiiy talqini………………..14
XULOSA……………………………………………………………………....25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..…....26
Kirish Ma’naviy-madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy o‘rganish, o‘zlashtirish, adabiy estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. Ma’lumki, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy tizimlarning o‘zgarishi, avvalo, dunyoqarashlarni o‘rin almashuvidir. Bu, shubhasiz, yangi talqinlar tushunchalar, tasavvurlar silsilasini yuzaga keltiradi.
Inson va jamiyat munosabatlarini, ijtimoiy voqelikni yangicha idrok qilayotgan e’tiqodning shakllanishi, o‘zligini namoyon etishi ham bu holatning tasdig‘idir. Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyatlarga tayangan, go‘zallik-ezgulik-adolat tamoyillariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi; adabiyotshunoslik ilmi yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan o‘z imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz otib, palak yozmoqda. Bu borada, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat”, “Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch”, “Adabiyotga e’tibor–ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy, adabiy-estetik nazariy g‘oyalar adabiyotshunosligimiz uchun hali ham metodologik asosiy vazifasini o‘tamoqda.
Milliy adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiygacha bo‘lgan davrda yetishib chiqqan ulkan so‘z san’atkorlaridan biri Atoyidir. XIV asr oxiriva XV asrning birinchi yarmida yashagan Atoyi yetuk zamondoshlari kabi badiiy ijodi bilan turkiy adabiyot va adabiy tili ravnaqiga hissa qo‘shgan adiblardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Albatta, o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining go‘zallik tajassumidan iborat g‘azallari bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir