Shoir lirikasida hayot va sevgi mavzuining badiiy talqini
Sharq lirikasida ishqu muhabbatni kuylash asosiy mavzulardanbo`lib kelgan. Atoiy g`azallarining ham bosh g`oyasi va asosiy ohanglarini shu va u bilan bog`liq fikru tuyg`ular tashkil etadi. Ishqbilan bog`liq har qanday holat mushkul ishlardanda mushkulroq:
Zinhor ishq ishini o`sal tutma, ey kungul,
Osoni mushkul erur aning mushkulottin.
Shoir lirikadagi ishqiy g`azallarda insoniy muhabbat, hayotning, umrning g`animatligi, shirinligi bilan birga majoz, so`fiyona obrazlar orqali ilohiy ishq tarannum etilgan. Shoir ta'biricha, ishq “gavhari qimmatbaho”, “azaliy hidoyat” dir. Shoir haqiqiy ishqni kuylaganda go‘zallik, hayot, koinot, inson haqida fikr yuritib, ularni ta'riflaydi va ulug‘laydi. Shoir hayo, umrning o‘tkinchi, g‘animatligini ta'kidlaydi.6 Atoiy g‘azallarida majoz va haqiqat o‘ziga xos tarzdauyg‘unlashadi. Majozda oshiq va ma'shuqlar haqiqiy insonlarbo‘lib, ularning bir-biriga muhabbat izhori, oshiq iztiroblari, ma'shuqning tashqi va ichki go‘zalligi, xarakter hususiyatlari hayotiy tarzda gavdalanadi. Ishqi haqiqiyda esa, oshiqning ilohiyvisolga intilishi, murshid va muridlik munosabatlari, faqru fanolik, oshiqni kamolga etkaradigan turli vositalar, so‘fiyona axloqkuylanadi.
Atoiyni ba'zi g‘azallarida ma'joziy ishq, ba'zilarida sof ilohiy ishq, ayrim g‘azallarda majoziy ishq bilan haqiqiy ishqqorishib tasvirlanadi. Shoirning ilohiy ishq vasf etilgan g‘azallarimajoziy mazmundagi g‘azallaridan ohangi, obrazlari, mazmunibilan farq qiladi. Bunday g‘azallardagi «xol», «zulf», «gul», «bulbul», «raqib», «may», «mayxona», «dilbar», «husn», «shohid», «oshiq», «ma'shuq» kabi obrazlar o‘zgacha ma'no kasb etadi.
Shoirning:
Har nеcha bo‘lsa yorda kibru anovu martabat,
Bandadin olida hamin faqru niyozu maskanat...
Ulki dеrlar jumlai olamda g‘olib husn erur,
Muntaxoyi vosili matlubu tolib husn erur...
Ayoqing tuprog‘i birla qasamkim,
Manga sеnsiz pari qaysi, sanam kim?-
dеb boshlanuvchi uch g‘azali tasavvufiy g‘azallar sifatida talqin etiladi. Ayrim g‘azallarning esa ba’zi baytlari shu ruhda.
Jannatda gar tajallii husningni ko‘rmasam
Kavsar suvi sug‘olsinu ham hur bo‘lmasin.
Oshiq ma’shuqasi sifatini bеradi. Uning go‘zalligini ulug‘laydi. Go‘zal nozu ishvasi bilan go‘zal:
Diloromеki nozu shеva bilmas,
Daraxtеdurki, hеch bargu bari yo‘q
Shoir g`аzаllаridа dunyoviy sеvgini kuylаydi, tаbiаt ko`rki vа insоnning fаzilаtlаrini tа`rif vа tаvsif qiladi, tаrkidunyochilik vа bаdbinlikkka qаrshi kurаshаdi, хilmа-хil bаdiiy lаvхаlаr vа оbrаzlаr yarаtаdi. Xalq og`zaki ijоdi bоyliklаridаn vа yozmа аdаbiyot tаjribаlаridаn fоydаlаnаdi, sоddа, rаvоn, jo`shqin vа nаfis bаytlаr tizаdi:
Kеl, ey dilbаr, ki bo`stоn vаqti bo`ldi,
Gul оchildi, gulistоn vаqti bo`ldi.
Qilаy nоlа, bоqib guldеk yuzinggа,
Chu bulbullаrgа аfg`оn vаqti bo`ldi…
Quyidagi g‘azalda ham ish mavzusining yetakchi ekanligini ham ko‘rishimiz mumkin va ushbu g‘azalda yorning ta'rifi va tavsifi beriladi:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilg‘ali la'lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas anikim, qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiking tuprog‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya'qubtek bayt ul-hazanda.
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Oyog‘ing qayda bo‘lsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy, valekin
Atoyi sarvi ozodinga banda.
Birinchi baytda ajoyib bir manzara chizilgan: lirik qahramon –shoir gulzorga kiradi. Anvoyi gullar ochilib yotibdi. Yo‘q-yo‘q, bu shunchaki gulzor emas, gullarning anjumani – yig‘ilishi, har bir gul o‘zini namoyish etadi, ko‘z-ko‘z qiladi. Shoir ushbu anjumanda yorning go‘zalligini ta’riflagan ekan. Gullar xijolatdan – uyatdan qizarib ketibdi. Aslida, ular qizil emas edi, ma’shuqaga qaraganda xunukroq ekanliklaridan uyalib qizardilar. She’rda qizarishning o‘z va ko‘chma ma’nolaridan samarali foydalanilgan. Ikkinchidan, gulga insoniy sifatlar beriladi, shaxslantiriladi. Chunonchi, gulzorning anjumanga o‘xshatilishi, gulning uyatdan qizarishi kabi.Bu tashxis san’atiga xos xususiyatdir. Birinchi bayt yorning jamoli ta’rifida edi. Ikkinchi bayt yorning labi va og‘zi ta’rifida:
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
Bu baytda ko‘nglim sening la’li labingni orzu qilgan edi, istab topolmadi, degan mazmun ifodalangan. «La’l», ayni paytda, yor labidan chiqadigan iliq so‘zni ham anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun ham qizil qimmatbaho tosh – la’lga o‘xshatiladi. Mumtoz adabiyotda o‘ymoqdakkina, kichik og‘izli qizlar go‘zal hisoblangan.Oshiq o‘zicha yorning og‘zini ko‘rmoqchi edi. Lekin u shunchalar kichik ekanki, qayerdaligini hech kim bilmadi! Keyingi baytlarda tasvir o‘zgaradi. Ta’rif e’tirof va shikoyat bilan almashadi. Lirik qahramon dil izhoriga o‘tadi, ishq va sadoqatini bildirishga tushib ketadi:
Chu jonimdin aziz jona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiging tuprog‘i basdur kafanda.
Lirik qahramon yorini jonidan aziz tutmoqda. U dunyodagi jannatdan yor eshigining tufrog‘ini afzal bilmoqda. Beshinchi baytda talmeh bor. Shoir yorini «Yusufi husn» deb ta’riflab, Ya’qubning ahvoliga tushib qolishdan xavotir olmoqda. Yusuf haqidagi rivoyatlarga ko‘ra, u – Ya’qubning sevikli o‘g‘li. Akalari bunga hasad qilib, otasi oldidan aldab dalaga olib chiqadilar va quduqqa tashlaydilar. So‘ng «Bo‘ri yedi!» – deb yolg‘on ovoza tarqatadilar. O‘g‘lining hajrida yig‘layverganidan Ya’qubningko‘zlari ko‘r bo‘lib qoladi. Mumtoz adabiyotimizda Ya’qubning ayriliqdagi hayoti «Bayt ul-hazan» (g‘am uyi) sifatida tilga olinadi.Yusuf tashlangan quduq esa, uning husni tufayli yorishib turar edi.Mumtoz she’riyatimizda ko‘p ishlatiladigan «chohi zaqan» (iyak ostidagi chuqurcha) shunga ishora qiladi:
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.
Oltinchi baytda «uzun» va «uzmasman» so‘zlaridagi o‘zakdosh «uz» takrorida ham xislat bor. Buni ishtiqoq san’ati deydilar.Buning ustiga, sochdan qilingan qilto‘r oshiqni o‘z tuzog‘iga olgani ham anglashiladi. Oshiq shu qadar xoksor va yalinchoqki,ma’shuqaning «ayog‘i qanda bo‘lsa, oshiqning boshi anda». Ya’ni u suyuklisi tashlagan qadamga bosh uradi. Bu o‘rinda zidlik –tazod san’atidan foydalanadi:
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda.
She’rning maqta’si g‘oyat samimiy bir tuyg‘u ifodasi bilan yakun topgan: odamlar oshiqqa yuksak mansab-martabalar tilaydilar,lekin Atoyi – «sarvi ozod»ga banda, ya’ni qul. Buni u o‘zi istaydi.Shu o‘rinda qizning go‘zal qaddi-qomati «sarvi ozod» orqali berilganini ko‘rish mumkin. Mumtoz adabiyotda qad hamisha sarvga o‘xshatilib kelingan. «Ozod» so‘zi lug‘atlarda tik, chiroyli o‘sgan sarvga aniqlovchi sifatida qo‘llangan. Umumiy ma’nosi xushqomat go‘zalga to‘g‘ri keladi.7 Lekin bu muhim emas, muhimi sarvning «ozod»ligi bilan oshiqning «banda», ya’ni qul ekani qarshilantirib tasvirlanayotganida:
Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda
Atoyining “Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?” misrasi bilan boshlanadigan gʻazalida ham muhabbat tuygʻusi tasvir etiladi. Bunda shoir malaksiymo qizning chiroyidan hayratga tushadi. Ushu qadar barkamolki, undagi fazilatlar sanalgan va ularga eʼtiborqaratilgan sari oshiqning muhabbati kuchayib boraveradi. Maʼshuqaning yuzi (mengiz) jannat bogʻini esga tushirsa, ogʻzi “gʻunchayi xandon”ni yodga soladi. Qora koʻzlari qaroqchini, chiroyi esa Turkiston parisini xotirga keltiradi:
Qaroqchi koʻzlarin kim koʻrsa aytur:
“Ajab, ayyori Turkistonimdur bu?”
Qaroqchi ham molni, ham jonni olgani kabi maʼshuqa ham oʻynoqikoʻzlari bilan oshiqning jonini oladi. Yor oʻzini turfa holatlarda koʻrsatishga mohir. Shu bois farishta sifatli boʻlib ham koʻrinadi. Malohatda tengsiz sanamning xati – labi ustidagi mayin tuklar rayhon singari xush boʻy taratadi. Xullas, gʻazal toʻligʻicha parichehraning portretini chizishga bagʻishlangan.8 Lekin shoir qizning sirtini koʻrsatish bilangina kifoyalanmagan. U oxirgi baytda oʻzining miskin va sargardon holatini bir ogʻizgina qayd etish bilan maʼshuqaning shafqat bilmaydigan siyratini hachizib berishga erishgan.
Vafo haqida Atoiy ko‘p yozadi:
Vafosiz dilrabodin Tеngri bеzor
Agar husn ichra jannat huri bo‘lsa
Atoyida shunday bayt bor:
Har zamon chiqsang xiromon el ko‘zi tushsa sanga,
G‘ussadan ul dam Atoyining magar joni chiqar.
Odam hayajonlanganda, sevgilisiga bexos ko‘zi tushganda yoki qahrikelganda yurakning bezovtalanishi, qattiq urishi, nafas olishining tezlashishi, yurakgo‘yoki og‘iz tomon siljigandek tuyulishi tabiiy holat. Atoyining lirik qahramoniham ma’shuqasiga “el ko‘zi tushsa” ana shunday jo‘nbushga keladi. Ma’shuqaningko‘zga ko‘rinishi oshiq uchun g‘ussa. Uning “joni chiqishi”ga olib keluvchi bu manzaraga bois, birinchidan, yorning go‘zalligi va bu latofat oldida oshiqning esankirashi bo‘lsa, ikkinchidan, ma’shuqa nigohiga raqibning boqishidir”. Ko‘rinadiki, Atoyi g‘azallaridaqo‘llanilgan bu kabi tasvirlar ham, iboralar ham juda xalqona, sodda, shu bilan birga badiiy vazifa bajarishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Atoyining ilohiy ishq, tasavvufga bag‘ishlangan bir necha yaxlitg‘azallari ham mavjud. Jumladan, “Har necha bo‘lsa yorda kirbianovu martabat”, “Ayoqing tuprog‘i birla qasamkim” satrlari bilan boshlanadigan g‘azallar shoirning tariqatga bo‘lgan munosabatini,irfoniy qarashlarini ifodalshi bilan ahamiyatlidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayot illatlarini tanqid qilish Atoyi she’riyatida juda kam uchraydi. Lekin ayrim baytlarda “shoh-gado”, “g‘ani-faqir” kabi obrazlar orqali jamiyatdagi ba’zi tengsizliklarga ishora qilib o‘tadi. Ishiq azobi, zamona javri, yor va ag‘yordan jafo-yu g‘ussalar tortgan shoir:
Yo ishq balosi manga, yo javri zamona
Yo yor jafosi manga, yo g‘ussai ag‘yor?
deya norozilik ohangidagi misralar bitadi. Yoki:
Hosili umrim tugandi hasrati qayg‘u bila
Ro‘baru o‘lturmadim, ul ko‘zlari jodu bila.
Yuz sori bo‘ldi ikki ko‘zimdin jo‘ybor,
Yuz sori bo‘ldi ikki ko‘zimdin jo‘ybor,
Sarvi dilijo‘yum ne bo‘di bir buyon qilsang guzor.
Sen o‘shal sultoni husnsen, ki bo‘stonlar aro,
Davlatingdin gul eshigin yel ochibon yel yopar.
Bo‘ldi bag‘rim suv g‘amingdin, yaxshilik qil, sol suvg‘a
Oxir ey gul, xirmanni, albatta, har ekkan o‘ror.
Qildi jonimg‘a meni shirin labing zavqi bale,
Bu masaldurkim, kishi bol tutsa, barmog‘in yalor.
Davlatingdin ko‘kka yetdi barcha qullarning boshi,
Ushbud ne tole’dur, oyim, bizga yetsang tong otor.
Og‘zingizni har necha so‘rdum, tiladim topmadim,
Go‘yyo bu so‘z g‘alatdurkim, tilaganlar topor.
Zulfungizdin gar Atoyi boshqa ko‘rsa na ajab,
Kim, ko‘rarmen, bir sinog‘onni yana ikki sinor.
G‘azalning 2-baytida xalq orasida keng tarqalgan “eshigini yelochib, yel yopadi” degan xalq ta’biri qo‘llanilgan bo‘lsa, 3-baytda birdanida 2 ta maqol keltirilganki, bu bilan shoir bir tomondan o‘zining yurak iztiroblarini yorqin ifodalaydi, ikkinchi tomondan, mahbubaga iltijo qilib, uni yaxshilik qilishga undaydi, yorning marhamatiga umid bog‘laydi.9 Lirik qahramon dil izhorida xalq maqoli juda qo‘l kelgan.
Xalq orasida “Yaxshilik qil, suvga sol, suv bilmasa, baliq bilar, baliq bilmasa, xoliq bilar”, “Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top” kabi maqollar keng tarqalgan.Har qanday holatda ham beminnat yaxshilik qilaverish lozimligi haqidagi purhikmat fikr baytning 2-misrasida “har kim ekanin o‘rar” maqoli orqali yanada rivojlantirilgan. Atoyi xilma-xil xalq maqollarini baytlarga shu qadar ustalik bilan singdirib yuborganki, bu holat, birinchidan,shoirning, ichki kechinmalarini yorqin ifodalashga xizmat qilsaikkinchidan, shoir o‘z fikr-mulohazalarini qayta-qayta hayotda tasdiqlagan xalq so‘z-maqol orqali asoslaydi. 4-baytda keltirilgan “kishi bol tutsa, barmog‘in yalar” maqoli ham buning yorqin dalilidir.
Atoyi falsafiy mushohadalari, lirik qahramonning ishqiy kechinmalarini tabiat bilan bog‘liq holda tasvirlaydi. Uning ko‘p g‘azallarida tabiat bilan aloqador ruhiy kechinmalar, shoirona tasvirlar uchraydi. V.G.Belinskiy “Tabiat Gyote uchun g‘oyalarning ochiq kitobi edi. Pushkin uchun esa to‘liq tavsifga sig‘maydigan,ammo sokin va sehrli jonli surat edi..” deydi. Atoyi uchun ham tabiat ayniqsa, bahor va uning maftunkorligi ilhom manbai bo‘libxizmat qilgan. Shoir tabaitdagi ba’zi narsalar poetik obraz va badiiy tasvir ro‘lini o‘tagan: bahorning so‘limligi, gul, bulbul,g‘uncha, mug‘anniy, bo‘ston, soqiy, sarv, bodi sabo, mayi gulgun,bog‘, bog‘cha, rayhon, sumbul, qizil gul, nargiz kabi poetik obrazlar g‘oyaviy-badiiy maqsadni to‘la gavdalantirishga xizmat qilgan.
Yor – sevgi, hayot va insonga muhabbatning mujassami. Yorsiz shoirga va bahorning ko‘rki va na uning zavq-shavqi tatiydiki, bu holatni quyidagi misralarda ko‘ramiz:
Vaslingiz umrum gulidur, shavqida men andalib,
Yoz faslinda bo‘lur–vaqti hazon sizsiz mango.
Men bu yuz mushtoqidurmen, bog‘u bo‘ston kim bo‘lur?
Bo‘lmasun nasrinu lola, arg‘uvon sizsiz mango.
(Devon, 36-bet)
Shoirning deyarli har bir g‘azali hayotga, nafosat va muhabbatga tashnalik, olam va odamning mohiyat muammolariga bag‘ishlangan. Mana u bir g‘azalida nima deydi:
Kel, ey dilbar bo‘ston vaqti bo‘ldi,
Gul ochildi guliston vaqti bo‘ldi. (Devon, 178-bet)
Zotan, bu vaqt, shoirning o‘z ta’biri bilan aytganda, “hazoron nav’ alhon vaqti”, ming ohangda xonish qilish fursati. Demak, Atoyi she’riyati– tabiatdan, tabiatning inson ichki olamiga ta’sir etishga qodir go‘zalliklaridan uzilib qolmagan she’riyat. Bu esa uning doimiy g‘oyaviy qimmatini saqlab qoladigan eng muhim jihatlaridan yana biridir. Atoyi lirikasida bu da’voni dalillaydigan misollar ko‘p. Bu haqda aniq tasavvur paydo qilish uchun quyidagi satrlarni keltirish o‘rinli:
Soqiyo, keltur mayi gulgunki, xush damdur bukun,
Olami farxunda navro‘zi olamdur bukun...
Er yuzinda gulshanu bog‘i bahoru bog‘cha,
Gunbazi hazro mengizlik sabzu xurramdur bukun...
Ey Atoyi, bo‘lma g‘ofil, bir nafas hamdam tila,
Umrni hamdam kechurmalik base kamdur bukun.
(Devon, 132-bet)
Atoyi «Netti, ne bo‘ldi?» radifli g‘azalida ma’shuqa achchiq-tiziqlaridan, nozlaridan hayratga tushgan oshiq holatini ifoda etadi.U yor g‘azabiga duchor bo‘ldi, lekin aybi ne ekanini bilmaydi. Shu bois uni savollar qiynaydi. Atoyi mumtoz she’riyatimizga alohida olingan inson ruhiyati tasvirini kirita bilgan shoirdir:
Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
Ey tishlari durr-u guharim, netti, ne bo‘ldi?
Oshiq o‘zini gunohkor sanaydi. Ammo aybi nimadaligidan xabari yo‘q. U ma’shuqa meni rashk etayotirmikan degan o‘yga boradi:
Sen bor ekan o‘zga kishiga nazar etsam,
Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi?
Lirik qahramon – chorasiz, u ishq yo‘lida qurbon bo‘lishga tayyor.Shu bois qay tarzda, qanday yo‘l bilan o‘ldirilishi uni ko‘pda qiziqtirmaydi. Uning jon saqlash uchun yor qoshidan ketgisi yo‘q:10
Gah javr bilan o‘ltur meni, gah noz ila sendin,
Haqqoki, mening yo‘q guzarim, netti, ne bo‘ldi?
– – V / V – – V / V – – V / V – –
maf’uvlu / mafoiylu / mafoiylu / fauvlun
Hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf
Atoyi ko‘ngil nolishlari, ruh to‘lg‘onishlari, qalb iztiroblari tasvirini turkiy she’riyatga go‘zal va ta’sirchan yo‘sinda olib kirgan shoirdir.Unda samimiy tuyg‘ular yuksak san’atkorlik bilan ko‘rsatilgani uchun ham hanuzgacha she’rxonlar qalbiga ta’sir etib kelmoqda. 11Atoyi gʻazallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan.Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz gʻazallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha goʻzalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi.
Xulosa:
Atoiy o‘zbek dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar yetishgan atoqli namoyondalaridan biridir.U o‘z badiiy ijodini, real hayotni, insonning insonga bo‘lgan sevgisini kuylashga bag‘ishladi, o‘rta asr reaksiyasinining eng chirkin illatlaridan bo‘lgan tarkidunyochilik va badbinlikka qarshi shavqats kurashdi. Biroq, Navoiy ta’kidlagandek, Atoiy ba’zi o‘rinlarda qofiyaga yetarli e’tibor bermaydi, och qofiyalar ishlatadi. Shunday qilib, Atoiy sevgini inson hayoti va faoliyatining muhim bir xosiyati va sharti,hayotga bo‘lgan muhabbat ifodasi sifatida kuylaydi.
Atoiy o‘zidan ilgargi atoqli so‘z sa’natkorlari bilan ijodiy musobaqa qildi va ma’lum muvaffaqqiyatlarga erishdi. Atoiy deyarli dunyoviy sevgi mavzusi bilan chegaralanib qoldi, u ba’zan yashagan muhitning ijtimoiy voqeliklari haqida fikr yuritsa ham, ularni yetakchi mavzu qilib olmadi. Bu Atoiy ijodining badiiy qimmatiga ham ma’lum darajada salbiy ta’sir etdi. Biroq, shunga qaramay, Atoiy ijodi o‘zbek dunyoviy adabiyotining taraqqiyotida progressive hodisa bo‘ldi va Navoiy kabi ulug‘ san’atkorning yetishuviga ma’lum darajada zamin tayyorladi.
Hayotni sevgan va shodlik-quvnoqlik izlagan, insofsiz va razil kishilarning jirkanch kirdikorlarini ko‘rib qattiq eziladi, qayg‘uradi. Turli xil alam va mashaqqatlar ,,faylasufu oqil” shoirni ,,majnuni shaydo” holiga keltirdi. U nafis va dilrabo she’rlar bitdi, lirik devon yaratib qoldirdi. Bu qimmatli adabiyotlar hali ham sevib o‘qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |