Mavzu: hozirgi zamon fani: ilmiy empirik borliq ilmiy tasvirning alohida ichki tarkibi (jabxasi) sifatida. Omillar va talqinlar



Yüklə 19,64 Kb.
səhifə4/4
tarix21.10.2023
ölçüsü19,64 Kb.
#159076
1   2   3   4
MAVZU

Birinchi bosqich – tayyogarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o‘rganiladi, o‘rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki materiallar to‘planadi. To‘plangan materiallar tahlil qilinadi. Bu bosqichda ma’lum gipoteza (faraz) paydo bo‘la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi. Yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samaradorligi to‘g‘ri tadqiqot yo‘lini tanlash ko‘p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq.
Ikkinchi bosqich-bevosita tadqiqot o‘tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodlari ishga solinadi. Bu bosqichda tadqiqotchi o‘z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o‘tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma’lumotlar yig‘iladi.
Uchinchi bosqich-tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlarni miqdor jihatdan ishlab chiqish. Psixologiya fani bu bosqichda ko‘plab samarali matematik statistika usullaridan foydalanadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan natijalarni tushuntirib berishdan iborat. Bu bosqichda to‘plangan va matematik metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma’lumotlar psixologik nazariya asosida izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi o‘zil-kesil hal qilinadi.
Tabiiy eksperiment (1910 yilda A.F.Lazurskiy tomonidan tavsiya qilingan) mohiyatiga ko`ra, eksperiment sharoitida tekshiriluvchiga o`zi ustida tajriba olib borilayotganini bildirmaslikka qaratilgan bo`lib, tadqiqotni odatdagi tabiiy sharoitga ko`chiradi. eksperimentning yuqoridagi ikki turidan tashqari psixologo-pedagogik eksperiment va shakllantiruvchi eksperiment deb ataluvchi ikkita turi mavjud bo`lib, ular pedagogikada keng qo`llaniladi.
FAOLIYAT NATIJALARINI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH - psixologik metodlarning bir ko`rinishidir. Faoliyat natijalarini tahlil qilish jarayonida natijaning o`zi emas, balki shu natijani hosil qilish bilan bog`liq faoliyat psixologik jihatdan baholanadi. Bu metod, ayniqsa, bolalar psixologiyasida keng qo`llaniladi. Bolalarning chizgan rasmlarini o`rganish orqali ularning psixikasi va taraqqiyoti haqida ma`lumotlar olinadi.
YUqorida ko`rsatilgan metodlar asosan tadqiqot maqsadida qo`llaniladi. Bundan tashqari ba`zi psixologik metodlar sinash maqsadida ham qo`llaniladi. Bunda maqsad psixologiya faniga, ilmiy bilimlarga biror yangilik kiritish, Qonuniyat ochish emas. Bu metodlarning o`rganilayotgan shaxsda biror xususiyatning mavjudligi, uning taraqqiyot darajasi, turli meyorlarga mos kelishi darajasini aniqlashdir. Shunday metodlarning barchasi umumiy nom bilan TEST deb yuritiladi.
TEST - qisqa muddat ichida bajariladigan, standart vazifalardan iborat. Ularning natijalarini sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish orqali kishida o`rganilayotgan psixik funktsiya va xususiyatlarning nechoglik takomillashganligi va rivojlanganlik darajasi baholanadi. Testlar yordamida kishining biror kasbga layoqatliligi, aqliy rivojlanish darajasi, bilim darajasi o`rganiladi. Testlarning samaradorligi ularni tuzish uchun asoslanilgan metodologiya, test tuzilishining ko`plab talablarga javob berishi, o`tkazish sharoiti va talablarning adekvatligi bilan aniqlanadi.
Bulardan tashqari psixologiya fanida ANKETA, SUHBAT, BIOGRAFIK metodlar keng qo`llaniladi.
PSIXOLOGIK TADQIQOT O`TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI
Har qanday tadqiqot va o`rganishlar o`z maqsadiga, yo`nalishiga, qo`llanilayotgan vositalarning xususiyatiga, amaliy yoki nazariy ahamiyatiga ko`ra turlicha o`tkaziladi. Shu bilan birga ularning umumiy tomonlari ham mavjud. Masalan, har qanday tadqiqot to`rt bosqichda o`tkaziladi.
Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o`rganiladi, o`rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki materiallar to`planadi. To`plangan materiallar tahlil qilinadi. Bu bosqichda tadqiqotchida ma`lum gipoteza (faraz) paydo bo`la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samadorligi, to`g`ri tadqiqot yo`lini tanlash ko`p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog`liq.
Ikkinchi bosqich - bevosita tadqiqot o`tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodikalari ishga solinadi. Bu bosqichda tadqiqotchi o`z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o`tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma`lumotlar yig`iladi.
Uchinchi bosqich tadqiqot davomida to`plangan ma`lumotlarni miqdor jihatdan ishlab chiqish. Psixologiya fanida, bu bosqichda ko`plab samarali matematik metodlardan, statistik usullardan foydalaniladi.
Tadqiqotning to`rtinchi bosqichi olingan natijalarni tushuntirib berishdan iborat. Bu bosqichda to`plangan va matematik metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma`lumotlar psixologik nuqtai-nazardan izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to`g`ri yoki noto`g`riligi uzil kesil hal qilinadi.
Adabiyotlar ro`yxati

1. "Prakticheskaya psixodiagnostika". Metodiki i testi. - Samara, 1998


2. Andreeva G. M. Sosialnaya psixologiya. Uchebnik - M., 1998
3. Vertgeymer M. Produktivnoe mishlenie. - M., 1987
4. Gamezo M. V., Domashenko I. A. Atlas po psixologii. - M.,1986
5. Gippenreyter Yu. B. Vvedenie v obshuyu psixologiyu. Kurs lektsiy. - M., 1996
6. G`oziev E. Oliy maktab psixologiyasi. T. 1997
7. G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.
8. Karimova V. M. "Ijtimoiy psixologiya asoslari". - T., 1994
9. Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000
10. Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002
11. Klimov E. A. Osnovi psixologii. - M., 1998
12. Nasinovskaya E. E. Metodi izucheniya motivatsii lichnosti. - M., 1988
13. Nemov R. S. Psixologiya M. 1990
14. Nemov R. S. Psixologiya. - V 2-x kn. Kn.1. - M., 1998
15. Nemov R. S. Psixologiya. V 3-x kn. - Kn.1. - M., 1998
16. Olshanskiy B. B. Prakticheskaya psixologiya dlya uchiteley. M. 1994.
17. Prakticheskaya psixodiagnostika. Metodiki i testi. - M., 1999
18. Prakticheskaya psixodiagnostika. Metodiki i testi. - Samara, 1998
19. Prikladnaya psixodiagnostika. - M., 1999
20. Psixologiya. Uchebnik. - Pod red. A. Krilova - M., 1998
21. Rogov E. I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa v obrazovanii. - M, 1996
22. Rubinshteyn S. L. Osnovi obshey psixologii. - M., 1998
23. Umumiy psixologiya. A. V. Petrovskiy tahriri ostida. T.1992.
24. Xekxauzen X. Motivatsiya i deyatelnost T. 1, 2. M., 1986
25. www.ziyonet.uz
Yüklə 19,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin