Mаvzu: maktab jismoniy tarbiya faoliyatini tashkil etishda ko’rgazmali metodlardan samarali foydalanish



Yüklə 166,32 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü166,32 Kb.
#177092
  1   2   3   4
13,islom


MАVZU:MAKTAB JISMONIY TARBIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA KO’RGAZMALI METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

REJA:



KIRISh…………………………………………………………………………..…...2
1.Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining o’quvchilar faoliyatini tashkillash………..….4
2.O’quvchilarninglarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya boʼyicha ishlarni tashkil etish ………………………………………………………………….……….5
3. Jismoniy tarbiya faoliyatini tashkil etishda ko’rgazmali metodlardan foydalanish ………………………………………………………………………………………10
4.Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish………………………………….15
XULOSА……………………………………………………………………………36
FOYDLАNILGАN АDАBIYOTLАR…………………………………………….38


KIRISH
Respublikamizda jismoniy madaniyat sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash tizimi mukammal darajada tashkil etilgan. Sohada yetakchi va markaziy oliy o`quv yurti hisoblanmish O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetida ko`plab oliy ma`lumotli jismoniy madaniyat mutaxassislari, sport murabbiylari tayyorlanadi. Mazkur oliy dargohda mamlakatimizning sohaning eng yetakchi olimlari va sport murabbiylari bo`lajak mutaxassislarga saboq beradilar. Undan tashqari Respublika viloyatlarining universitetlari, pedagogika institutlari qoshidagi mavjud jismoniy tarbiya fakul`tetlari ta`lim tizimini ko`plab oliy ma`lumotli jismoniy tarbiya o`qituvchilari bilan taminlaydi. Shuningdek, keyingi yillarda tashkil etilgan . Olimpiya zahiralari kollejlarida sportchilar tayyorlash bilan birga o`rta maxsus ma`lumotli sport murabbiylari ham tayyorlanadi. Respublikada o`rta maxsus kasb ta`limi va Oliy ta`lim tizimida jismoniy madaniyat sohasi mutaxassislari tayyorlashning ilmiy – metodik ta`minoti to`la hozirgi zamon talablari asosida tashkil etilgan.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini ko’rishimiz mumkin. Jismoniysiyosiy va ma’naviy o’zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma’nfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotganini, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviy- axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlsh, jismonan sog’lom, ma’nan boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb etishni keng jalb etishni ta’minlashga yo’naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko’p qirrali muommosining muxim yo’nalishi xar bir kishida o’z sog’lig’i to’g’risida o’zi qayg’urish madaniyatni singdirishdir. Uni tarkib topish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb xunar ta’lim tizimi, maxalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch quvvatini, g’ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo’lgan muxabbatni singdirib qo’yishlari darkor. 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida “…jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalshtirish dolzarb vazifadir.Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga bundan buyon ham kata ahamiyat beramiz”.Oxirgi yillarda Respublikamizda eng asosiy, muhum vazifalardan biri ommoviy sportni rivojlantirish masalasi turadi. Mustaqil O’zbekistonning ma’naviy sog’lom avlodlarni, bo’lajak vatanparvarlarni tarbiyalash vazifasi pirovard o’qituvchilar, mutaxassislar zimmasiga tushadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini 4 shakllantirishning, sog’lom turmush tarziga intilish va mehr muhabbatini singdirishining g’oyat muhim sharti ommoviy sportni rivojlantirishdir.” Bundan tashqari jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport mutaxassislarining, ustozmurabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo’lishi har tamonlama yetuk,ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlashning garovidir. Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslahsadi.Mustaqil O’zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan birikelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan jismoniy sog’lom va ma’naviy barkamol shahsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlarni chuqur o’rganishimiz, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirishda yangi bilimlarni egallashimiz, zamon talablari darajasida ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, kelajak avlod vakillarini vatanparvar, o’z kasbining yetuk bilimdon egasi qilib tarbiyalamog’imiz darkordir.

Yüklə 166,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin