Эркин иқтисодий ҳудудлар


-jadval  EIHlar tushunchasi mazmuniga brilgan ta‟riflar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1.1-jadval 
EIHlar tushunchasi mazmuniga brilgan ta‟riflar
13
A.Kuznetsov 
An‟anaviy ma‟noda EIHlar deganda, davlatning suveren hududi 
tushunilib, u yerdagi xorijiy tovarlar hech qanday bojxona 
to„lovlarisiz saqlanshii, sotilishi yoki harid qilinishi mumkin.
Erkin savdo 
hududlariga 
urg„u 
berilgan 
S.A.Ribakov 
N.A.Orlova 
EIHlar – bu ma‟lum bir davlat hududining shunday qismiki, unga 
olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar 
sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod 
etiladi.
A.V.Vaxabov 
EIZ – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, 
viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.
Imtiyozlarga 
urg„u 
berilgan 
N.V.Igoshin 
EIZlar milliy iqtisodiy tizimning shunday qismiki, u erda 
mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan maxsus 
imtiyoz 
va 
rag„batlantirishlardan 
foydalaniladi, 
ularning 
mohiyati esa, imtiyozli bojxona va soliq tizimlarida ko„zga 
tashlanadi.
T.P. Danko va 
Z.M.Okrut 
EIZ iqtisodiyotning davlat tomonidan sun‟iy tarzda tashkil 
etilgan va milliy iqtisodiyot tarkibida bo„lgan, ayni paytda 
iqtisodiy jihatdan tubdan farq qiladigan alohida organizmidir. 
Huquqiy 
jihatiga 
urg„u 
berilgan 
Janubiy Koreyalik olim Kimning izlanishlariga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zonalar – 
bu xorijiy davlatlar, korxona va firmalar uchun maxsus tashkil etilgan hududlar 
bo„lib, bu yerda ularning korxonalari va ishchi xodimlari hukumat tomonidan 
berilgan imtiyozlar tufayli o„z navbatida mavjud qonun-qoidalarga bo„ysungan holda 
daromad olishi mumkin bo„lgan zonalardir. Davlat erkin iqtisodiy zonalarni 
yaratishdan maqsad bunday zonalarda boshqa erlarga qaraganda ko„proq iqtisodiy 
shaffof muhit mavjudligi va bu orqali investitsiya oqimini va raqobatbardosh sanoat 
hamda savdo-sotiq xususiyatlarini shakllantirishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi”
14
.
V.Papovning tadqiqotlariga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zonalar shunday hududlarki, 
bu boshqa hududlardan alohida ajratilgan davlat tomonidan maxsus imtiyozlar va 
qulayliklar berilgan bu afzalliklar davlatning biror boshqa yerida yoki iqtisodiy 
tarmog„ida kuzatilmaydi”
15
, deb ta‟rif beradi.
Mamlakatimiz olimlaridan A.V.Vaxobov, S.S.Mirzalieva, M.A.Raimjonova va 
A.A.Ostonakulovlar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlarida erkin 
iqtisodiy zonalar va ular faoliyatiga oid o„z ilmiy qarashlarini bayon qilishgan.
A.V.Vaxobov tomonidan “Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geografik hududki, 
ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu 
milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida 
qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi” deb, ta‟rif berilgan
16
.
13
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtiisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi 
holati va istiqbollari. – T.: “EXtremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 9. 
14
Kim Young Rae. The study on issues related between limits of land development and total control restriction system 
in the actual conditions within capital region, Seoul National University of Technology, 2009. – R. 8-75. 
15
Papava Vladimer. The Immortal idea of a free economic zone, Georgian Foundation for Strategic and International 
Studies, 2007. – R. 1-16. 
16
Vaxobov A.V. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O„quv qo„llanma. Toshkent: Moliya, 2010.– B. 180. 


12 
S.S.Mirzalieva tomonidan “Erkin iqtisodiy zona – mamlakat (yoki mamlakatlar) 
hududining muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida 
barpo etiladigan, maxsus ma‟muriy boshqaruvga va xo„jalik yurituvchi 
subyektlarning imtiyozli rejimiga ega bo„lgan qismidir” deb, ta‟rif berilgan
17
. Ushbu 
ta‟rifda fikrimizcha, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish 
maqsadida jalb etiladigan investitsiyalar va ular hajmidan kelib chiqib imtiyozlarning 
belgilanishi nazardan chetda qolgan.
M.A.Raimjonova tomonidan “mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va 
ma‟muriy boshqaruvga ega bo„lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda 
uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki, xo„jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz 
va rag„batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud”, deb ta‟rif 
keltirilgan
18
.
A.A.Ostonakulov tomonidan “erkin iqtisodiy zona – hududlar va iqtisodiyot 
tarmoqlarini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularga investitsiyalarni jalb etish 
maqsadida alohida imtiyozlar belgilangan, shuningdek, ulardan iqtisodiyotni 
modernizatsiya va diversifikatsiyalashning hududiy uslubi sifatida foydalanish hamda 
zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish uchun tashkil etilgan 
hududdir”
19
, - degan fikr ilgari surilgan. 
Rus olimlari Babinsev va Valliulinlar EIHni ta‟riflaganda “alohida iqtisodiy 
hudud”
20
terminini ishlatadi. Bu ham unchalik to„gri emas, chunki alohidalikni har xil 
tushunish mumkin”. A.T.Shermuhamedov “ochiq iqtisodiy mintaqa” terminini 
ishlatgan, bizningcha, bu ham unchalik to„g„ri emas
21
. Ochiq so„zi rus va boshqa 
tillarda erkin iqtisodiy hududga nisbatan kam ishlatiladi, bu faqat tor manoda jahon 
iqtisodiyotiga nisbatan mamlakatning milliy iqtisodiyotga qaraganda qaysidir 
aniqlovning ancha ochiqligi ma‟nosida tushunish mumkin. Bu erkin iqtisodiy 
hududlarning bir qirrasigina, xolos. 
O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin 
iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuniga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zona – mintaqani 
jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli 
texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq 
belgilangan ma‟muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo„lgan maxsus 
ajratilgan hududdir”
22

1991-yilda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha 
Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) qabul qilgan hujjatlarga ko„ra, erkin iqtisodiy zona 
alohida hududiy birlik bo„lib, u qoida bo„yicha mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-
17
Mirzalieva S.S. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning xorij tajribasi. Diss. avtoref. i.f.n. – Toshkent: 2001. – B. 
8. 
18
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi 
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 11. 
19
Ostonokulov A.A. Erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish. Diss. i.f.n. – Toshkent: 
2017. – B. 18. 
20
Бабинцев В.,Валлиулин Х.Особые экономической зоны. Российской экономический журнал. 1992. №9. 117 с. 
21
Shermuhamedov A.T. Ochiq iqtisodiy mintaqa. – T.: O„zbekiston axborotnomasi,1998., №1 (sentyabr, oktyabr‟). – 
B. 75. 
22
O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni. – T.: 1996-yil 25-aprel, 1-modda. 


13 
texnikaviy, ekologik va ijtimoiy rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish 
maqsadida, moliyaviy-xo„jalik faoliyatni amalga oshirish uchun ochiq bo„ladi. Erkin 
iqtisodiy zonalarni tashkil etish va uning faoliyat ko„rsatishi bo„yicha rivojlangan 
davlatlarda to„plangan tajriba shuni ko„rsatadiki, mazkur usulning qo„llanilishi 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, ijtimoiy hayotga yangi-yangi iqtisodiy 
g„oyalarni tadbiq etishda o„zining ijobiy jihatlariga ega. 
Xalqaro tashkilotlar hisobotlarida va ilmiy nashryotlarda turli xildagi 
hududlarning 
mohiyatini 
yoritishda 
”erkin iqtisodiy hudud” terminidan 
foydalanadilar. Biroq, bu termin uning mohiyatini to„liq ifoda eta olmaydi. U erda 
qo„llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma‟muriy qonunlar, shu hududda faoliyat 
yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo„jalik rejimlaridan butunlay 
ozod qilmaydi, balki ularni yengillashtiradi, ma‟lum imtiyozlar beradi. Shuning 
uchun ham EIHni “erkin” emas, maxsus iqtisodiy hudud deb atash o„rinli bo„lar edi.
1973-yil 18-mayda 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin