7
yo„nalishi talabalariga ikkinchi kursda o„qitiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„rganishda uning boshqa fanlarga bog„liqlik
jihatlariga ham e‟tiborni qaratish zarur. Zero, har bir fan boshqa fanlar bilan uzviy
bog„liqlikda shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan mazkur fanni o„rganishda
boshqa fanlarni ham yaxshi o„zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta‟lim
yo„nalishining o„quv rejasiga ko„ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani quyidagi
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog„liqlikda o„qitiladi: “Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyoti”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari”, “Iqisodchilar uchun matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik” va boshqalar. Talabalar “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini
o„zlashtirish barobarida ushbu fanlarni ham puxta o„zlashtirishlari kerak bo„ladi.
Chunki, ular ushbu “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini muvaffaqiyatli o„zlashtirish
uchun ko„maklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani juda qiziqarli fan bo„lib, bugungi kunda
ko„pchilikni qiziqtirayotgan EIHlar bilan bog„liq bo„lgan ko„plab savollarga yechim
topishga imkon beradi. Talaba ushbu fanni puxta o„zlashtirishi uchun o„z ustida
ko„proq ishlashi kerak bo„lib, u, nafaqat, o„zbek tili, balki, rus tili va chet tillari,
ayniqsa, ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalana bilishi lozim.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ushbu fanni puxta o„zlashtirish talabalarga 5231100 –
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari
bo„yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi bo„yicha juda zarur bilimlarga ega bo„lish va
kelajakda o„z kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bo„lib etishish, shuningdek,
egallagan bilimi, ko„nima, malaka va tajribalari bilan O„zbekiston iqtisodiyotining
rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini oshirish va xalqaro
hamjamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga o„zining munosib hissasini qo„shish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: