Erkin iqtisodiy hududlar – shunday geografik hududki, unda mamlakatda
qabul qilingan xo„jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to„lash va bojxona
tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi
bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar
tizimi joriy etiladi. Shunga ko„ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona,
valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.
EIHga eng umumiy tavsif qilib shuni aytish mumkin, u shunday hududki, bu
yerdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy), litsenziyalash,
vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid
yyengilliklar ushbu mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, u
anklav , ya‟ni bu bir mamlakat hududining yoki
qismining har taraflama boshqa mamlakat yoki shu mamlakatning boshqa hududlari
bilan o„ralishidir. Bu hududda iqtisodiyotga davlatning aralashuvi ma‟lum bir
darajada chegaralanadi. Bu hududda mamlakatning boshqa hududlarida amal
qilinmaydigan ma‟lum imtiyozlar beriladi.
Jahon xo„jaligida xalqning moddiy farovonligi, turmush tarzi, ko„p jihatdan,
EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat ko„rsatishi bilan chambarchas bog„liqdir.
Chunki, bunday holatlarni biz EIHlar tashkil topgan va iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlar misolida ham ko„plab kuzatishimiz mumkin. Xullas, qaysi mamlakatda
chet el investitsiyalari va tadbirkorlarning faoliyati uchun keng imtiyozlar yaratilgan
bo„lsa, shuningdek, iqtisodiyotini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilib
imkoniyatlar yaratilgan bo„lsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlarning ishchanlik
qobiliyati ham o„sha erda yuqori bo„ladi. Ko„pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun EIHlar amalda territoriyadagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish
salohiyatining kontsentratsiyalashuviga yordam beruvchi maxsus hudud hisoblanadi.
Shuning uchun ham bunday hududlarga “maxsus iqtisodiy hudud” atamasi mos
keladi. EIHlarni yaratilishiga ularning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot
tamoyillarini amalga oshirishning muhim bo„g„ini sifatida qaraladi. Ularning faoliyati
tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va jadallashtirish bilan bog„liqdir.
EIHlardagi iqtisodiyot tashqi olam uchun yuqori darajada ochiqlikka, bojxona, soliq
va investitsiya rejimlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulaylikka ega bo„ladi.