Kioto (Yaponiya) shahrida
qabul qilingan Kioto
konvensiyasida erkin iqtisodiy hudud tushunchasiga rasman izoh berilgan.
“Bojxona jarayonlarini soddalashtirish va uyg„unlashtirish bo„yicha xalqaro konvensiya” qarorlarida yozilishicha, “EIH bu – ma‟lum bir davlat hududidining shunday qismiki,
unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u
bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi”
23
. Bu ta‟rifda turli xildagi
EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o„tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga
olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to„g„ridir.
Albatta, keyingi salkam 40 yillik taraqqiyot natijasida bunday qarash yetarli
emasligi aniq bo„ldi. “Erkin iqtisodiy hudud” atamasi tahlil qilinayotgan iqtisodiy
hodisaning qirralarini to„liq ochib beradi:
- mamlakatning qolgan qismidan iqtisodiy jihatdan ajralganlik holatining
mavjudligi;
- xorijiy va mahalliy tadbirkorlar uchun alohida iqtisodiy muhitning mavjudligi
(imtiyozli bojxona, soliq, ijara, valyuta, mehnat va boshqa tartiblar). Uning ta‟siri
ostida “iqtisodiy muhitning” qarshilik qilishi kamayadi.
Kioto konvensiyasi qabul qilingach, keyingi taraqqiyot natijasida EIH
tushunchasi borasidagi bilimlar ancha kengaydi, boyidi, uning turli xil shakllari kashf
etildi.
Ushbu tushunchadan ko„rinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi
iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki, qiyosiy hisoblanadi. Demak, EIH tom
ma‟noda erkin emas, balki, nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan
tovarlar bojxona to„lovlaridan import solig„idan va import ustidan nazarotlardan ozod
etilgani uchun ham bu hudud EIH deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga chet eldan
olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan deb e‟lon qilinmaydi. Shu
bilan birga qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarini mavjud iqtisodiy huquqiy
tartibotdan ozod qilmaydi, balki, uni yengillashtiradi.
Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga
nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga
tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi.
23
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч. пос. - М.: Юнити, 2005. – С. 7.
14
Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy
tartiblardan ozod qilmay, uni yengillashtiradi.
Yuqoridagi EIHlarga berilgan ta‟riflardan hamda EIHlarning mazmun-
mohiyatiga asoslanib shuni aytish mumkinki, EIHlarni