Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
Alixonto‘ra Sog‘uniy 
TURKISTON QAYG’USI 
Matnni arab imlosidan kirillga o‘tkazib nashrga tayyorlovchilar: 
Ahadxonto‘ra G’APPOROV
Uvaysxonto‘ra SHOKIROV 
Ushbu kitob ulug‘ bobokalonlarimizdan bo‘lgan alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy 
qalamlariga mansub nodir bir asardir. Muallif «Turkiston kayg‘usi» (1966—1973) nomli 
bu asarida xalqimiz qanday kilib bosqinchilarga qaram bo‘lib qolgani va dinni, Vatanni, 
millatni asrash kerakligi, mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi 
to‘g‘risida o‘sha mustabid sovet tuzumi davrida yetuk siyosiy arbob sifatida chuqur 
siyosiy-ijtimoiy mantiq asosida mukammal bayon etadi. 
Shu bilan birga, bu asarda Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardan to XIX 
asr oxirigacha bo‘lgan davr ichida qurgan davlatlari, Amir Temur haqida, turkiy xalqlar 
etnografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar ham bor. 
Kitobdan oliy o‘quv yurtlari talabalari va tarix bilan qiziquchi keng kitobxonlar ommasi 
foydalanishlari mumkin. 
 
 
ULUG’ BOBOM VA «TURKISTON QAYG’USI» ASARI HAQIDA 
 
Bismillohir rohmanir rohiym 
Muhtaram o‘quvchi! Ma’lumdirki, inson bolasi o‘z padari buzrukvoriga qarab qad 
rostlaydi. Lekin millatni jahon miqyosida shuhratlantiradigan buyuk shaxslar haqida 
yozish hamisha sharafli, mas’uliyatli va bir vaqtda o‘ta murakkab vazifadir. Mazkur 
vazifaning qo‘shimcha og‘irligi o‘z bobongiz haqida yozishdir, chunki «hissiyotlarga 
berilib, mavzu xolisona yoritilmagan» deyilishi mumkin gumonlarga asos bo‘lmasligi 
kerak. Shu sababli boshqalar yozishadi degan umidda ko‘p yillar o‘tdi. Keyingi yillarda 
bosilib chiqayotgan maqolalarning ko‘pi bir tomonlama bo‘lib, Alixonto‘rani o‘z davrining 
siyosiy, mafkuraviy tuzumini qabul qilgan, uning g‘oyalariga ishonib aldangan olimlar 
qatorida ifoda etishga urinishlar bo‘ldi. Bu, albatta, shu davrning yozuvchilari uchun 
qulay, chunki bu inson ham o‘zimizdan edilar demoqchi bo‘lishadi. Lekin haqiqat unday 
emas ekanligini ushbu kitobdan bilib olasiz. Shu bois bu haqda batafsilroq ma’lumot 
berish zarur deb bildim. 
Ulug‘ bobomiz Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885 — 1976), Alloh u kishini rahmat qilgan 
bo‘lsin, komil inson bo‘lib, zamonamizning ko‘p ilmlarni mukammal egallagan buyuk 
allomalaridan edilar. Birinchi navbatda u kishi diniy ilm teologiya sohasida katta bilimga 
ega bo‘lganligi va mashhurligi hozirgi kunda ko‘pchilikka ma’lumdir. Xususan, «Tarixi 
Muhammadiy» asari nashrdan chiqqandan keyin (T., 1991) u kishi nafaqat yurtimizda, 
balki butun islom olamida shuhrat qozondi. Shu bilan birga bobomiz o‘tkir zehn sohibi
tarix ilmining, ayniqsa islom tarixi va Turkiston tarixining zukko bilimdonlaridan edi. 
Sermazmun hayotining oxirgi 30 yili davomida Alixonto‘ra yozib qoldirgan ulkan ilmiy 
meros ichida «Turkiston qayg‘usi» tarixiy asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarda u 
kishining yigitlik va kamolotga yetgan davri xotiralari asosida o‘z e’tiqodi, dunyoqarashi
qaysi g‘oyalar uchun jonfido bo‘lib kurashganlari, nimalarga Vatan ahlini da’vat 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin